Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
Download 5.77 Mb.
|
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eklimetrlar.
“CHiziq qiyaligiga tuzatma” jadvalidan (12.1-jadval) d ni topib, keyin d qiymatini quyidagi formuladan topish mumkin. d=D - d (12.8) d qiymati 2 bo‘lganda topiladi. Gorizontal qo‘yilish d ni bevosita o‘lchash (vaterpaslash). Agar qiya chiziq uzunligi qisqa, tik bo‘lsa, uning gorizontal qo‘yilishini bevosita vaterpaslash yordamida o‘lchash mumkin. Buning uchun ikki yoki uch metrli reyka olinadi, 13.10-shakldagicha A nuqtadagi vertikal vexaga reykaning bir uchi tekizilib, ikkinchi uchi V nuqtaga qo‘yiladi; reyka adilak (vaterpas) yordamida gorizontal holga keltiriladi. Keyin reyka uchini V dagi vexaga to‘g‘rilab, ikkinchi uchi S ga qo‘yiladi va shu tartibda oxirgacha davom ettiriladi. Agar reyka bilan ketma-ket o‘lchangan uzunliklarni d1, d2, d3, d4 desak AE1=d chizq uzunligi quyidagicha bo‘ladi: AE1=d1+d2+d3+d4. (12.9) 12.10-shakl. Eklimetrlar. Qiyalik burchagini o‘lchashda turli ko‘rinishdagi eklimetrlar ishlatiladi. Eklimetr oddiy, doiraviy va to‘rtburchaklik shaklda bo‘ladi. Oddiy eklimetrning tuzilishi va ishlatilishi 12.11-shaklda ko‘rsatilgan. A nuqtadagi tayoq uchiga o‘rnatilgan va markaziga shovun osilgan transportirning asosi OSH V nuqtadagi vexada belgilangan asbob balandligi K nuqtaga to‘g‘rilanadi. SHunda shovun ipidan olingan sanoq qiyalik burchagi bo‘ladi. SHaklda AO=BK=i—asbob balandligi, OA—shovun yo‘nalishi. 12.11-shakl. Doiraviy eklimetr. 12.12-shaklda ko‘rsatilganidek metall quticha 1 ichida mayatnikli disk 8 gorizontal o‘q OO1 atrofida bemalol aylanadigan qilib ishlangan. Disk (g‘ildirak) gardishi 9 shaklning o‘ng tomonida ko‘rsatilgandagi kabi, 0 dan +60° gacha bo‘lingan, yuqoriga qaralganda + ishorali, pastga qaraganda — ishorali bo‘laklar ko‘rinadi. Diskka og‘ir yuk 7 mahkamlanganidan OO1 o‘q hamma vaqt gorizontal turadi. 12.12-shakl. Doiraviy eklimetr va bo‘laklari: 1 — quti (korobka); 2—darcha; 3—lupa; 4—ko‘z dioptri (tirqish); 5—ko‘rish trubasi; 6—piston; 7—og‘ir yuk; 8—mayatnikli g‘ildirak (disk); 9—obvodka (tegirchak); 10—narsa dioptri. Quti ustidagi prujinali knopka 6 bosilsa, disk OO1 o‘qda mayatnik kabi harakat qilib, gorizontal vaziyatda to‘xtaydi. Quti yoniga to‘rtburchaklik shaklidagi vizirlash (ko‘rish) trubasi 5 mahkamlangan, uning bir uchidagi trubkachaga ko‘z dioptri (tirqish) 4, ikkinchi uchiga narsa dioptri 10 o‘rnatilgan. Eklimetr bilan AV chiziqning (13.13-shakl) vertikal burchagini o‘lchash uchun A da turib, V dagi vexada kuzatuvchining balandligi i belgilanadi, shu nuqtaga ko‘z dioptridan qarab, sim 10 to‘g‘rilanadi va knopka bosiladi, disk to‘xtagach, darcha 2 dan lupa orqali qarab, ko‘ringan bo‘laklardan sim bo‘yicha sanoq olinadi; bu sanoq vertikal burchak v qiymati bo‘ladi. Bunda burchak ±30' aniqlik bilan o‘lchanadi. 12.13-shakl. Eklimetrni tekshirish. Eklimetr ishlatishdan oldin quyidagi shart bo‘yicha tekshiriladi. Eklimetr mayatnigi vertikal turganda halqasining nol diametri gorizontal bo‘lishi kerak. Buni tekshirish uchun A nuqtada turib, V nuqtadagi vexaga qaraladi-da v1 sanoq olinadi (12.13-shakl). Keyin V nuqtada turib, A dagi vexaga qaraladi va v2 sanoq olinadi. Agar asbob to‘g‘ri bo‘lsa, bu sanoqlar teng bo‘lishi kerak; bu sanoq vertikal burchak bo‘ladi. Teng bo‘lmasa, vertikal burchak bo‘ladi. Nol diametr gorizontal bo‘lmay, qiya bo‘lsa va gorizontal chiziq bilan x burchak hosil qilsa, bu xato bo‘ladi. Bu xato eklimetr yukini x qadar surish yo‘li bilan tuzatiladi. Geodezik o‘lchash ishlarini joyda yoki qog‘ozda bajarishda turli kattaliklarning qiymatini aniqlash talab qilinadi. Biror kattalikni shu jinsdagi o‘lchov birligiga taqqoslab, uning shu birlikdan qancha kattaligini aniqlash o‘lchash deb ataladi; bu kattalikni ko‘rsatuvchi son o‘lchash natijasi bo‘ladi. Geodezik ishlarda chiziqning uzunligi, ikki chiziq orasidagi burchak, havo temperaturasi, bosimi kabi kattaliklar o‘lchanadi. O‘lchashda o‘lchanadigan kattalik turiga qarab turli asboblardan foydaniladi. O‘lchash qanday bajarilishiga qarab, ikkiga-vositasiz (bevosita) o‘lchash bilan vositali (bilvosita) o‘lchashga bo‘linadi. Agar o‘lchanadigan kattalik qiymati o‘lchash vositasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchab olinsa (masalan, masofa po‘lat lenta bilan o‘lchansa), bu bevosita o‘lchash bo‘ladi. Agar o‘lchanadigan kattalik qiymati o‘lchash vositasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchanmay, balki o‘lchangan boshqa kattalik qiymati orqali matematik munosabatlar asosida hisoblab topilsa, bilvosita o‘lchash bo‘ladi. Masalan, biror uchburchaklikning ikkita va burchagi teodolit bilan o‘lchab topilsa, bevosita o‘lchash, uchinchi burchagi formula =180-(+) bilan hisoblab topilganda esa vositali (bilvosita) o‘lchash bo‘ladi. O‘lchash soniga qarab, o‘lchash zaruriy va ortiqcha o‘lchashga bo‘linadi. Noma’lum kattalikning qiymatini aniqlash uchun zarur o‘lchash soni zaruriy o‘lchash bo‘ladi. O‘lchash soni bundan oshsa, ortiqcha o‘lchash deyiladi. Masalan, noma’lum kattalik qiymatini aniqlash uchun uni kamida bir marta o‘lchash zaruriy o‘lchash bo‘ladi. Agar shu kattalik p marta o‘lchansa, n—1 ortiqcha o‘lchash bo‘ladi. Ortiqcha o‘lchash o‘lchash natijasini tekshirishga yordam beradi. Har qanday kattalik kamida ikki marta o‘lchanadi. O‘lchash sharoitining o‘zgarish-o‘zgarmasligiga qarab, o‘lchash teng aniqli va teng aniqsiz o‘lchashga bo‘linadi. O‘lchash ishi bir sharoitda, bir asbob va bir kishi tomonidan bir usul bilan bajarilsa, topilgan natijalar bir xil aniqlikda bo‘ladi va teng aniqli o‘lchash deyiladi. O‘lchash ishi turli sharoitda, turli asbob bilan, bir necha kishi tomonidan bajarilsa, o‘lchash natijalari bir xil aniqlikda bo‘lmaydi, bunday o‘lchash teng aniqsiz o‘lchash deyiladi. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling