Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
Download 5.77 Mb.
|
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
1880 yili Klark yer uch o‘qli bo‘lib, uzun meridian o‘zoqlamasi g‘arbiy 815 da, kaltasi sharqiy 8145 da, ekvator yarim o‘qlari uzunligidagi farq 450 m, degan fikrni aytdi. Bu sohada F. N. Krasovskiy rahbarligida A. A. Izotov va boshqalar bajargan ish yerning uch o‘qli ekanini ochiq ko‘rsatdi. Sobiq Itfoq olimlaridan A. A. Mixaylov, M. S. Molodenskiy va boshqalar keyingi vaqtda yer shaklini gravmetrik usul bilan (og‘irlik kuchini o‘lchash orqali) aniqlay boshladilar, chunki gradus o‘lchash usulini yolg‘iz quruqlikdagina tatbiq etish mumkin, dengiz va okeanlarda esa mumkin emas. Gravmetrik usulni esa quruqda ham, dengizlarda ham tatbiq etsa bo‘ladi. Bu olimlar og‘irlik kuchi va uning anomaliyasiga (o‘zgarishiga) doir nazariyani rivojlantirib, zarur formulalar berdilar. Bu usulni yer shakli va o‘lchamini aniqlashga tatbiq etdilar. Geodezik va gravmetrik o‘lchash natijalarini birga qo‘shib ishlab, yer o‘lchamlarini aniqladilarki, bu dunyoda birinchi marta qilingan ish edi. yer shakli va o‘lchamlarini gravmetrik aniqlash fizik geodeziya deyiladi. Sobiq SSSR, Evropa va Amerikada olib borilgan geodezik va gravmetrik kuzatish ishlarining natijalari yerning uch o‘qli ekanini tasdiqladi. 1942 yilning 4 dekabrida yer ellipsoidi uch o‘qli deb quyidagi o‘lchamlar qabul qilindi: ekvator bo‘yicha katta yarim o‘qi uzunligining o‘rtacha qiymati a=6378245 m; qutbiy siqilishi =I:298,3; ekvator bo‘yicha siqilishi = I:30 000; uzun meridian 15 sharqiy uzoqlikda; uzun va qisqa meridianlar o‘rtasidagi farq 213 m. Qabul qilingan bu ellipsoid Krasovskiy ellipsoidi deyiladi. Yer ellipsoidi va geoidni bir-biridan farq qilib hisoblash katta territoriyada bajaridadigan geodezik ishlarda tatbiq etiladi. Injenerlik ishlarida geoid va ellipsoid yuzalari bir-biriga mos(bir xil) deb hisoblas mumkin. Amaliy masalalarni hal qilishda Erni shar deb olish ham mumkin. Bunda ellipsoid hajmiga teng sharning radiusi bo‘ladi. Krasovskiy ellipsoidida R=6371,11 km. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling