Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”


Astronomik koordinatalar sistemasi


Download 5.77 Mb.
bet7/64
Sana16.11.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1782208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
Bog'liq
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”

Astronomik koordinatalar sistemasi. Bu sistema astronomiya, geografiya, geofizika kabi fanlarda ko‘p qo‘llaniladigan koordinatalar sistemasi bo‘lib, unda shovun chiziq yo‘nalishi va sfera yuzasi-sathiy yuza asos qilib olinadi. Nuqta o‘rni bosh meridian va ekvatorga nisbatan aniqlanadi. London yaqinidagi Grinvichdan o‘tgan meridian dunyo bo‘yicha bosh meridian deb qabul qilingan. Shunga ko‘ra x o‘qi sifatida bosh meridian yo‘nalishi, y o‘qi sifatida esa ekvator yo‘nalishi qabul qilingan. Bu o‘qlar kesishgan nuqta (Gviney ko‘rfazida) koordinatalar boshi bo‘ladi. Berilgan nuqtadagi shovun chiziq yo‘nalishi bilan ekvator tekisligi orasidagi vertikal burchak nuqtaning astronomik yoki geografik kengligi deyiladi va harfi bilan belgilanadi. Kenglik ekvatordan shimolda bo‘lsa, shimoliy, janubda bo‘lsa, janubiy deyilib, qiymati ekvatordan qutblarga tomon 0 dan 90 gacha bo‘ladi (2.2-shakl).
Berilgan nuqtadan shovun chiziq bo‘yicha o‘tib, yerning aylanish o‘qiga parallel bo‘lgan tekislik astronomik meridian deyiladi. Nuqta astronomik meridiani bilan bosh meridian tekisligi orasidagi ikki yoqli burchak astronomik uzoqlik deyiladi va harfi bilan belgilanadi. Uzoqlik bosh meridiandan ikki tomonga, ya’ni sharqqa va g‘arbga 0 dan 180 gacha o‘sib boradi, bular sharqiy yoki g‘arbiy uzoqlik deyiladi. Kenglik va uzoqlik nuqtaning geografik koordinatalari deyiladi. Bu koordinatalarning qiymatlari astronomik kuzatish orqali aniqlanadi.
Geodezik koordinatalar sistemasi. Bu sistemada nuqtaning planiy o‘rni Referens ellipsoid yuzasi va unga normal tushgan chiziq asosida aniqlanadi. Koordinata o‘qlari sifatida geodezik meridian va parallel qabul qilinadi. Berilgan nuqtadan yer ellipsoidi yuzasiga normal va yer ellipsoidi kichik o‘qiga (RR1 ga) parallel bo‘lib o‘tadigan tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishgan chizig‘i geodezik meridian deyiladi. Berilgan nuqtadan ellipsoidning kichik o‘qiga perpendikulyar bo‘lib o‘tgan tekislikning ellipsoid bilan kesishuv chizig‘i geodezik parallel deyiladi. Ellipsoid markazidan o‘tgan parallel tekisligining ellipsoid bilan kesishuv chizig‘i ekvator deb ataladi. Ellipsoid yuzasidagi nuqtaning o‘rni shu nuqtadan o‘tgan geodezik meridian va parallelning kesishuv orqali aniqlanadi. Meridian o‘rni uzoqlik bilan , parallel o‘rni esa kenglik bilan belgilanadi.
Berilgan nuqtaning geodezik meridiani bilan bosh geodezik meridian orasidagi ikki yoqli burchak geodezik uzoqlik deyiladi va L harfi bilan belgilanadi. Berilgan nuqtadan yer ellipsoidi yuzasiga tushgan normal bilan ekvator tekisligi orasidagi burchak geodezik kenglik deb ataladi va B harfi bilan belgilanadi.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘lishicha, nuqtaning astronomik va geodezik koordinatalari orasidagi farq shundan iboratki, astronomik koordinatalarda shovun chiziq yo‘nalishi, geodezik koordinatalarda esa ellipsoid yuzasiga tushgan normal chiziq yo‘nalishi asos qilib olinadi. Bu normal va shovun chiziqlarning har xil bo‘lishi shovun chiziqning og‘ishiga bog‘liq bo‘ladi, bu har xillik esa yer qobig‘idagi massaning turlicha bo‘lishidan kelib chiqadi. Bu og‘ish orqali nuqtaning geodezik va astronomik koordinatalari orasidagi farq 3-4bo‘lib ba’zi joylarda bundan oshadi. Bir sekund meridian yoyining uzunligi 31 m ekanligi e’tiborga olinsa, bir nuqtaning ikki sistemadagi koordinatalariorasidagi farq 100 m bo‘ladi.
Nuqtaning astronomik va geodezik koordinatalari orasidagi farq oz bo‘lgani sababli, bu ikkala koordinatalar sistemasini bir nom bilan geografik koordinatalar sistemasi deb ataladi.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling