Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
- MA’RUZA. JOYNING PLAN, KARTA VA PROFILI
Download 5.77 Mb.
|
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
3 - MA’RUZA. JOYNING PLAN, KARTA VA PROFILI.
MASSHTABLAR. TOPOGRAFIK KARTA VA PLAN NOMENKLATURASI. Reja. 1. Plan. Karta. Profil. 2. Masshtablar. 3. Planda siniq va egri chiziq uzunliklarini aniqlash. 4. Topografik karta va uning nomenklaturasi. 5. Kilometrlar to‘ri. Tayanch iboralar: plan, kontur, tafsilot, sfera, topografik plan, karota, yirik masshtabli, o‘rta masshtabli, mayda masshtabli, topgrafik kartalar, geografik karta, profil, chizg‘iy inshoot. plan, kontur, tafsilot, sfera, topografik plan, karota, yirik masshtabli, o‘rta masshtabli, mayda masshtabli, topgrafik kartalar, geografik karta, profil, chizg‘iy inshoot, masshtab, plan masshtabi, kichraytirish darajasi, sonli va chizg‘iy masshtab, yirik va mayda masshtab, uzunlik birligi, chizg‘iy masshtab, ko‘ndalang va oddiy chizg‘iy masshtab, transversal, normal yuzli masshtab, masshtab aniqligi, grafik aniqlik, o‘tma masshtab, siniq chiziq, egri chiziq, kurvimetr, karta nomenklaturasi, varaqlarini nomerlash, varaqlarga bo‘lish, kolonna, meridian, parallel, qator, nomerlash uzoqlamasi, ekvator, masshtab, sfera, trapetsiya, Gauss proeksiyasi, zona, teng burchakli, konform proeksiya, o‘qiy meridian, zona nomeri, shartli koordinatalar boshi, kilometrlar to‘ri, koordinatomer. Yer yuzasidan to‘g‘ri foydalanish uchun berilgan uchastkaning chegarasi geometriya qoidalari bo‘yicha qog‘ozdan plan, karta shaklida tasvirlanishi kerak. Planda joydagi bino, yul, kanal, tog‘-tepa, soy kabi joylar yuzasini harakterlovchi narsalar (ular ichki tafsilot yoki situatsiya deyiladi) o‘rni to‘la ko‘rsatilishi kerak. Joyni sfera yoki tekislikka proeksiyalash orqali joy kartasi yoki plani chiziladi. Bunda proeksiya joyga o‘xshamasligi (karta) yoki o‘xshash bo‘lishi mumkin. Plan. Joy kichik bo‘lagining yer egriligini hisobga olmay kichraytib, o‘xshash holda gorizontal tekislikka tushirilgan proeksiyasi plan deyiladi. Planda joy tafsiloti to‘la ko‘rsatilib, joyning baland-pastligi (relefi) ko‘rsatilmasa, u kontur yoki tafsilot plani deyiladi. Planda joy tafsiloti bilan birga joy relefi ham tasvirlansa, u topografik plan deb ataladi. Karta. Yer yuzasining katta bo‘lagi sfera bo‘lganidan uni tekislikka o‘xshash holda proeksiyalab bo‘lmaydi. Katta joyni qog‘ozda tasvirlashda kartografik proeksiyalash qoidalariga amal qilinib, birmuncha o‘zgartirib tushiriladi. Yer yuzasining katta qismini yerning egriligini hisobga olib, matematik qoidalar asosida bir oz o‘zgartirib, kichraytib qog‘ozda tasvirlangan proeksiyasi karta deyiladi. Kartada butun yer yuzasini yoki uning bir qismini tasvirlash mumkin. Kartalar to‘rli masshtabda tuziladi. Masshtabiga qarab kartalar uchga bo‘linadi: a) yirik masshtabli kartalar; bu kartalarga masshtabi 1:100 000 gacha bo‘lgan kartalar kiradi; b) o‘rta masshtabli kartalar; bo‘lap jumlasiga masshtab 1:100 000 gacha bo‘lgan kartalar kiradi; v) mayda masshtabli kartalar; bo‘larga masshtabi 1:1000 000 dan kichik bo‘lgan kartalar kiradi. Yirik masshtabli kartalar topografik kartalar bo‘ladi. Joyning relefi gorizontallar bilan tasvirlanadi. O‘rta masshtabli kartalar obzor topografik kartalar deyiladi. Mayda masshtabli kartalar geografik kartalar bo‘ladi. Profil. CHizg‘iy inshootlarda (yo‘l, kanal va boshqalarda) planiy loyihalash kifoya qilmaydi. Bunda ma’lum chiziqdagi nuqtalarning vertikal tekislikdagi o‘rinlari ham vertikal tekislikda tasvirlanishi kerak bo‘ladi. Joyda bir yo‘nalishdagi chiziqning vertikal kesimining qog‘ozdagi kichraytirilgan tasviri profil deyiladi. 3.1-shakl Profilda chizg‘iy inshootlar loyihalanadi. 3.1-shaklda relefning harakterli nuqtalari A, B, C va D larning sathiy yuzadan balandligi N lar topilgan (3.1-shakl). Keyin shu otmetkalar bo‘yicha profil chizilgan. Buning uchun OR to‘g‘ri chiziq olinib, O dan joydagi dl, d2, d3 lar gorizontal masofa masshtabi bo‘yicha qo‘yilib, M, N, P nuqtalar topiladi (5.1-shakl, b). Bu masofalar qatoridan yuqoridagi qatorga nuqta otmetkalari yoziladi. Otmetka qiymatlari vertikal masshtab bo‘yicha qo‘yilib topilgan a, v, s va d nuqtalar bilan tutashtirilsa, vertikal tekislikdagi avsd siniq chiziq, yasaladiki, bu chiziq joydagi ABCD ning profili bo‘ladi. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling