Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”


Gorizontallarning xossalari


Download 5.77 Mb.
bet23/64
Sana16.11.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1782208
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
Bog'liq
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”

Gorizontallarning xossalari. Gorizontallarning qo‘yidagi asosiy xossalarini esda tutish kerak:
1)gorizontallar bir-biriga qancha yaqin bo‘lsa, joy qiyaligi shuncha tik bo‘ladi; bir-biridan uzoq bo‘lsa, qiyalik yotiq bo‘ladi. (ak>el).
YOnma-yon ikki gorizontal orasidagi eng qisqa masofa eng tik joy bo‘ladi;
2)turli otmetkadagi gorizontallar o‘zaro kesishmaydi;
3)plandagi gorizontallar yopiq chiziq bo‘ladi yoki plan chetida tugaydi;
4)gorizontalga perpendikulyar chiziq eng katta nishablikda bo‘ladi; (4.1) formuladan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
a)kesim balandligi h o‘zgarmasa va vertikal burchak v katta bo‘lsa, qo‘yilish d kichik bo‘ladi: v kichik bo‘lsa, d katta bo‘ladi;
b)bir yo‘nalishda gorizontallar oralig‘i bir xil bo‘lsa, joyning nishabligi ham bir xil bo‘ladi.

4.3-shakl.
Agar qiyalik burchagi v o‘zgarmasa, qo‘yilish, d kesim balandligi h ga proporqional o‘zgaradi. 4.4-shaklda relef turlari (a) va ularning gorizontallar bilan tasvirlanishi (b) keltirilgan.
Relefni to‘g‘ri tasvirlash uchun uning xarakter nuqtalarini bir-biridan ajrata bilish kerak. Masalan, tog‘ va chuqurlik gorizontallar bilan o‘xshash tasvirlanadi, lekin ularni ajratish uchun gorizantal chizig‘idan pasayish tomonga qaratib shtrix chiziladi, bu shtrix berg shtrix deyiladi.
Berg shtrixlar tizma tog‘ va soylarda ham qo‘yiladi, bu relefni aniqlashga yordam beradi. Tog‘, tizma tog‘, chuqurlik soy va ularning xarakterli nuqtalari (chuqqi, tagi) va chiziqlari (suv ayriluvchi va bo‘linuvchi chiziqlar) joyning xaraxterli o‘rinlariki, ularni ajrata bilish juda muhimdir.
Relefni gorizontallar bilan tasvirlash uchun avval uning yuqoridagi turlarining balandlik bo‘yicha xarakterli nuqtalarini belgilash, keyin esa otmetkalarini nivelirlash yo‘li bilan aniqlash kerak. Bu ishlar yuza nivelirlash ishlarida bajariladi.
Nuqtalarning otmetkalari bo‘yicha gorizontallar o‘tkazish. Relefning xarakterli nuqtalarining otmetkalari nivelirlashning turli usuli bilan aniqlanadi. Joy relfini gorizontallar bilan tasvirlash uchun nuqtalarning otmetkalari bo‘yicha istalgan kesim balandligi h da gorizontallar o‘tkaziladi. Gorizontallar ko‘pincha butun otmetkali nuqtalardan o‘tkaziladi. Kesim balandligi h joy relefiga bog‘liq, bo‘lib, topografik planlarda gorizontallar har 0,5; 1,0; 2,0; 5,0 m va hokazodan o‘tkaziladi.
Berilgan ikki nuqta otmetkalari bo‘yicha shu nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqda ma’lum kesim balandligidagi gorizontallar o‘tadigan nuqtalar o‘rnini aniqlash interpolyasiya qilish deyiladi. Interpolyasiya analitik yoki grafik usul bilan bajarilishi mumkin. Grafik usullar analitik usulga asoslanganligidan, avval analitik usulning mohiyati bilan qisqacha tanishib chiqamiz.


4.4-shakl.
Joydagi uchastka plani ma’lum masshtab bilan chizilgach, shu uchastka egallagan maydon yuzini kvadrat, metr yoki gektarda ifodalash kerak. Bunda joy konturining ko‘rinishi va talab qilingan aniqlikka qarab, yuz hisoblashning quyidagi usullari qo‘llaniladi:
1) geometrik usul;
2) analitik usul;
3) grafik usul;
4) mexanik usul.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling