Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”


Download 5.77 Mb.
bet25/64
Sana16.11.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1782208
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”

Planimetrning tuzilishi. Qutbli planimetr (8.5-shakl) asosan qutb richagi 1, aylantirish richagi 2 va hisoblash mexanizmi (karetacha) 11 dan iborat. Hisoblash mexanizmi aylantirish richagining bir uchiga o‘rnatilgan bo‘lib, richag bo‘ylab suriladi va richag uzunligi R ni o‘zgartiradi.

4.8-shakl. Qutbli planimetr.
1—qutbli richag, 2—aylantirish richagi, 3—ninali og‘ir yuk, 4—to‘qmoqchasimon shtift, 5—shtift kallagi, 6—shtift chuqurchasi, 7—aylantirish ignasi, 8—dasta, 9—shtift, 10—gayka, 11—karetacha.
Qutb richagining bir uchida og‘ir yuk 3 bo‘lib, qog‘ozda qo‘zg‘almay turishi uchun tagiga igna o‘rnatilgan, bu qutb deyiladi. Ikkinchi uchi to‘qmoqchasimon shtiftli 4 bo‘lib, uning uchida aylantirish richagidagi maxsus chuqurcha 6 ga moslangan kallak 5 bor, bu orqali qutbli richag ish davrida aylantirish richagi bilan birlashadi.
Aylantirish richagining bir uchida shakl chegarasi (konturi) bo‘ylab yurgiziladigan igna 7, richag dastasi 8 va sterjen-shtift 9, uning gaykasi 10 bor, shtift tayanch xizmatini o‘taydi. Ikkinchi uchiga planimetrning asosiy qismi bo‘lgan hisoblash mexanizmi o‘rnatilgan. Richag uchidagi igna 7 dan qutb richagi birlashadigan chuqurcha 6 gacha bo‘lgan oraliq richag uzunligi bo‘ladi. Richagning bor bo‘yi shtrixlar bilan bo‘laklarga bo‘lingan, richag uchidan boshlab millimetr hisobidagi qiymatlari yozilgan; karetachadagi maxsus verner 19 orqali richag uzunligi R aniqlanadi.
Karetacha aylantirish richagining bir uchiga maxsus moslama yo‘li bilan o‘rnatilib, o‘rnatish vintlari yordamida mahkamlanadi (4.9-shakl). Ikki sterjen orasiga siferblat 13, hisoblash g‘ildiragi 12 va g‘ildirak verneri 14 o‘rnatilgan. G‘ildirakning vertikal tekisligi richag yo‘nalishiga perpendikulyar qilib o‘rnatiladi. Aylantirish richagi sanoq olish g‘ildiragi gardishi 15, koretacha roligi 16 va shtift 9, yordamida qog‘ozda turadi.

4.9-shakl. Qutbli planimetrning hisoblash mexanizmi (karetachasi).
12—hisoblash g‘ildiragi, 13—siferblat, 14—g‘ildirak verneri, 15—g‘ildirak gardishi, 16—rolik, 17, 18—mahkamlash vintlari, 19—aylantirish richagi verneri, 20—mikrometrik vint, 24—25—turli vintlar.
Verner 19 ni ma’lum sanoqqa aniq qo‘yishda mikrometrik vint 20 bura-ladi. G‘ildirak 12 ning aylanasi S 10 bo‘lakka bo‘linib, shtrixlar chizilgan va ularga 0 dan 9 gacha raqamlar yozilgan. Har qaysi bo‘lak 10 ga bo‘lingan, shunda g‘ildirakdagi bir bo‘lak (shtrixlar orasi) aylana uzunligi S ning yuzdan biri bo‘ladi. Buning o‘ndan biri aylana uzunligining mingdan biri bo‘ladi. G‘ildirak aylanasidan sanoq verner 14 yordamida olinadi. G‘ildirak aylanasining uzunligi S ning 1000 dan bir bo‘lagi . G‘ildirak tishli moslama vositasida siferblatga bog‘langan. Siferblat 10 bo‘lakka bo‘linib, 0 dan 9 gacha yozilgan va bundan maxsus indeks (ko‘rsatgich) orqali sanoq olinadi. G‘ildirak bir marta to‘la aylanganda siferblat indeksi bir xona suriladi. SHunga ko‘ra, g‘ildirak 10 marta aylanganda siferblat bir marta aylanadi. Sanoq mexanizmidan to‘rt raqamli sanoq olinadi: siferblat indeksi bo‘yicha bir raqam (shaklda 3) g‘ildirakdan ikki raqam, biri vernerning nol shtrixigacha raqamlar yozilgan shtrixlardan (shaklda 5), ikkinchisi shu sanoq olingan shtrixdan verner noligacha bo‘lgan bo‘laklar soni (shaklda 8), keyin verner bo‘laklaridan g‘ildirak shtrixiga to‘g‘ri kelgani (shaklda 1); shunda sanoq 3581 bo‘ladiki, bu sanoq hech narsani bildirmaydi. Planimetrii bir shakl chegarasi bo‘ylab aylantirish oldidan va aylantirib chiqqandan keyin olingan sanoqlar ayirmasi fizikaviy ma’noga ega bo‘lib, shu sanoqlar ayirmasi orqali yuz hisoblanadi, buni quyida ko‘rib chiqamiz.
Planimetrii shakl chegarasi bo‘ylab aylantirishda igna 7 konturda belgilangan bosh nuqtaga qo‘yiladi, dasta 8 dan ushlanib igna soat strelkasining aylanish yo‘nalishi bo‘yicha chegara chizig‘idan bosh nuqtaga tomon yurgiziladi. Boshda olingan sanoq p1 dan oxirgi olingan sanoq p2 katta bo‘lishi kerak; agar kichik bo‘lsa, unga 10 qo‘shiladi. Sixchani chegara bo‘ylab bir xil tezlikda ohistalik bilan yurgizish kerak.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling