NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
KONCHILIK FAKULTETI
NOYOB VA RADIOAKTIV METALLAR RUDALARINI BOYITISH
FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: MIS RUDАLАRINI BОYITISH SXEMALARI
Guruh: 19-s-19
Bajardi: U.Normo’minov
Tekshirdi: O.Toshev
Mavzu: MIS RUDАLАRINI BОYITISH SXEMALARI
Reja:
1. Foydali qazilmalarni boyitishdan maqsad
2. Boyitish sxemasining bosqichliligi.
3.Piritning miqdori kam va ko’p bo’lgan rudalarni boyitish sxemalari
4.Misli oksidli va sulfidli minerallari
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish qism
Foydali qazilmalarni boyitish qattiq foydali qazilmalarni boyitma, ya’ni sifati dastlabki ruda sifatidan yuqori, xalq xo’jaligida keyingi ishlatish uchun qo’yiladigan talablarga javob beruvchi mahsulot olish maqsadida qayta ishlovchi sanoat tarmogi hisoblanadi.
Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi qimmatbaho (foydali) komponent, qo’shimchalar, yo’ldosh elementlarning miqdori, shuningdek, mahsulotning yirikligi va namligi bilan aniqlanadi.
Qimmatbaxo komponent deb shu qimmatbaxo komponentni ajratib olish uchun foydali qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy birikmaga aytiladi. Masalan, mis, qo’rq’oshin, temir, asbest misli, q’o’rq’oshinli, temirli va asbestli rudalarda tegishli ravishda qimmatbaxo komponentlar hisoblanadi.
Qo’shimchalar foydali va zararl bo’lishi mumkin.
Foydali qo’shimcha deb foydali qazilmada uncha ko’p bo’lmagan miqdorda mavjud bo’luvchi, qimmatbaho komponentga ilashib uning sifatini yaxshilovchi va ajralishini osonlashtiruvchi element yoki tabiiy birikmalarga aytiladi.
Zararli qo’shimchalar deb foydali qazilmada uncha ko’p bo’lmagan miqdorda mavjud bo’luvchi, qimmatbaxo komponentga ilashib uning sifatiga salbiy ta’sir etuvchi va ajralishini qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy birikmalarga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |