Konchilik fakulteti
Kukunli o‘t o‘chirgichlar
Download 1.49 Mb.
|
xavfsizlik MUSTAqil ish kem
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aerozolli o‘t o‘chirgichlar
Kukunli o‘t o‘chirgichlar 1000 V gacha kuchlanishga ega yonayotgan elektr jihozlarini va yonuvchan suyuqliklarni o‘chirish uchun foydali. Ularni kislorod yo‘qligida yonadigan materiallarni o‘chirish uchun ishlatish taqiqlanadi.
Bunday qurilmalar har yili tekshiruvdan o‘tkaziladi va har besh yilda bir marta yong‘inga qarshi vosita bilan to‘ldiriladi. Karbonat angidridli va kukunli o‘t o‘chirgichlar ko‘pincha kundalik hayotda uchraydi. Ulardan ofislarda va transport vositalarida ko‘p foydalaniladi. Ushbu turdagi o‘t o‘chirgichlar har qanday turdagi yong‘inlarga qarshi kurashishi mumkin (lekin buni yong‘in miqyosi bilan adashtirmaslik kerak). Aerozolli o‘t o‘chirgichlar nisbatan yangi ixtiro hisoblanadi. Bu yong‘inga qarshi kurashning birlamchi samarali vositasidir. O‘t o‘chiruvchi vosita yonayotgan narsalar yuzasida zich plyonka hosil qiladi. Bu yong‘inga kislorodning kirishiga to‘sqinlik qiladi. Plyonka buyumga zarar yetkazmaydi, chunki uni yuvish vositasi bilan ketkazish mumkin. Agar qurilmaning o‘zi muayyan bir kechikishni nazarda tutmagan bo‘lsa, aerozolli o‘t o‘chirgichlar deyarli bir zumda ishlaydi. Ular ishonchli va uzoq muddat mobaynida xizmat ko‘rsatadi. Aerozol metallar va kislorodli birikmalardan tashqari deyarli har qanday qattiq va suyuq moddalarni o‘chirishga qodir. Bunday o‘t o‘chirgichlar har qanday klassdagi yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladi, biroq ko‘pchilik modellarni faollashtirilganidan keyin ularni to‘xtatib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, qurilma korpusi Tselsiy bo‘yicha 300 darajagacha qiziydi. Aerozolli o‘t o‘chirgichlarni odamlar evakuatsiya qilingandan keyingina bino ichida ishlatish mumkin. Chiqarilgan aerozol aralashmasining konsentratsiyasi zaharli bo‘lib, odamlar uchun zararli bo‘ladi. Binodagi o‘t o‘chirgichlarElektr jihozlari mavjud bo‘lgan binolarda odatda karbonat angidridli va kukunli o‘t o‘chirgichlar qo‘llaniladi. Ularning soni ehtimoliy xavf va binolarning vazifasiga bog‘liq. O‘t o‘chirgichning yorlig‘ida qurilma samarali bo‘lgan yong‘in turi doimo ko‘rsatilgan bo‘ladi. Binolardagi o‘t o‘chirgichlarni ehtimoliy yong‘in sodir bo‘ladigan joydan 30 m uzoqroqqa yugurish talab etilmaydigan tarzda joylashtirish kerak. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling