Konchilik fakulteti


Download 1.49 Mb.
bet1/29
Sana20.10.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1711342
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
xavfsizlik MUSTAqil ish kem


NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
KONCHILIK FAKULTETI

XAVFSIZLIK QOIDALARI VA ELEKTR XAVFSIZLIGI FANIDAN


MUSTAQIL ISHI

Bajardi: ______________________


Qabul qildi:____________________
MUSTAQIL ISHI
Topshiriq-1. Sanoat korxonalarida xavfsizlik qoidalari va elektr xavfsizligiga oid qonunlar, ulardagio’zgarishlar va asosiy qoidalarni sharhlovchi referat tayyorlash.
Topshiriq-2. Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida ish bajarish va ish rahbarini tayinlash qoidalarini o’rganish va referat tayyorlash.
Topshiriq-3. Elektr tarmoqlarida elektr tokidan shikastlanish xavfini tahlil qilish va yoritib berish.

Topshiriq-4. Elektr toki urishi oqibatida odam bilan yuzaga keladigan baxtsiz hodisalar va ularni oldini olish choralarini o’rganish va tahlil qilish bo’yicha referat tayyorlash.




1 Sanoat korxonalarida xavfsizlik qoidalari va elektr xavfsizligiga oid qonunlar, ulardagio’zgarishlar va asosiy qoidalarni sharhlovchi referat tayyorlash.



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOAT XAVFSIZLIGI DAVLAT QO‘MITASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni va xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi va Qizilqum kon-texnika inspeksiyasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash tegishli ravishda “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DK mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi va Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi xodimlari tarkibi tegishli ravishda “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DKning shtatdagi xodimlari soniga kiritiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari nazorat tarmog‘iga qarab nazorat ostidagi obyektlarga biriktiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarining mehnat sharoitlari bo‘yicha kafolatlar va preferensiyalar nazorat ostidagi obyektlarda mehnat sharoitlari va uskunalarning jarohat yetkazishi xavfi bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish natijalariga muvofiq belgilanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining raisi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini
rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi zimmasiga yuklansin.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling