Konchilik fakulteti


Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tuzilmasi


Download 1.49 Mb.
bet3/29
Sana20.10.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1711342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
xavfsizlik MUSTAqil ish kem

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tuzilmasi
8. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalar (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi);
Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi;
Angren kon-texnika inspeksiyasi;
Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi;
Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi;
“Sanoat xavfsizligi” DUK;
“Kontexnazorato‘quv” DUK;
“Sanoat nazorati laboratoriyasi” DUK.
9. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub xo‘jalik hisobidagi tashkilotlari sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi va tartibga solishning yagona tizimni tashkil etadi.
Hududiy boshqarmalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga bo‘ysunadi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlariga ularning vakolatiga kirmaydigan ishlarni bajarishni yuklash taqiqlanadi.
ELEKTR ENERGETIKASI OBYEKTLARIDA XODIMLAR BILAN ISHLASHNI TASHKIL ETISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
elektr energetikasi obyektlari tarkibiga kiruvchi uskunalar, qurilmalar, bino va inshootlardan foydalanuvchi va ularni nazorat qiluvchi tashkilot xodimlari, shuningdek, elektr energetikasi obyektlarida qurilish-montaj, sozlash, ishga tushirish hamda ta’mirlash ishlarini bajaruvchi xodimlar bilan ishlash tartibini belgilash;
tashkilotning barcha xodimlarini, shu jumladan, rahbar xodimlarini o‘z kasbi va ish turi bo‘yicha belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘qitish, ularga yo‘l-yo‘riq berish va ularning texnik ekspluatatsiya qilish, mehnatni muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligiga oid amaldagi qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish;zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarda ishlaydigan xodimlarning ishga layoqatliligini aniqlash va kasbiy kasalliklarning oldini olish maqsadida ularni dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun choralar ko‘rish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilg‘i-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling