Konchilik fakulteti


O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risida


Download 1.49 Mb.
bet2/29
Sana20.10.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1711342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
xavfsizlik MUSTAqil ish kem

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risida
NIZOM
Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi sohasida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishi va nazorat qilinishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va uning tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
6. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, qisqartirilgan nomi — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvenniy komitet promishlennoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Goskomprombez;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — “The State committee on industrial safety of the Republic of Uzbekistan”; qisqartirilgan nomi — The State committee on industrial safety (SCIS).
7. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi joylashgan joy (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, M-14, 27-uy.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling