Konchilik fakulteti


Download 1.49 Mb.
bet6/29
Sana20.10.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1711342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
xavfsizlik MUSTAqil ish kem

yo‘l-yo‘riq — topshiriqni o‘rgatish va tushuntirish turi bo‘lib, mehnat muhofazasi sohasida uning o‘zlashtrilganligi tekshiriladi va yo‘l-yo‘riq berilganligi maxsus jurnalda qayd etiladi.
3. Korxonaning va har bir ish joyining mehnat sharoitlari mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
4. Korxona tomonidan jamoaviy shartnomada, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvda belgilangan mehnatni muhofaza qilish uchun zarur miqdordagi mablag‘lar ajratilishi shart.
5. Korxona o‘zining tijorat va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatidan olingan daromad (foyda) hisobiga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamg‘arma tashkil etishi mumkin.
Korxonaning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.
6. Korxonaning barcha xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlari o‘z kasbi va ish turi bo‘yicha belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘qishi, yo‘l-yo‘riq olishi va bilimlar sinovidan o‘tishi shart.
7. Korxonada xodimlar bilan ishlash ushbu korxonaning barcha rahbarlari va mutaxassislarining asosiy vazifalaridan biridir.
Xodimlar bilan ishlash uchun javobgarlik korxona rahbari zimmasiga yuklanadi.
Xodimlar bilan ularning toifasiga qarab ishlash shakllari ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan jadvalga muvofiq belgilanadi.
8. Yuqori turuvchi tashkilot xodimlari (mutaxassislari) quyi tashkilot xodimlari bilan ishlashda ishtirok etishlari lozim.
9. Korxona xizmat safariga yuborilayotgan xodimlarning malakasi bajariladigan ishlarga mosligiga, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari va yo‘riqnomalar talablarini bilishi hamda ularga rioya etishi uchun javobgar hisoblanadi.
10. O‘rindoshlik asosida ishlaydigan shaxslar bilan ishlash ularning asosiy va o‘rindosh kasb (lavozim)lari bo‘yicha to‘liq hajmda amalga oshirilishi kerak.
11. Mazkur Qoidalarda belgilangan xodimlar bilan ishlash ish vaqtida (xodimlarning asosiy funksiyalarini bajarishdan ajratilgan holda) amalga oshirilishi kerak.
12. Zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarda ishlaydigan xodimlar ularning ishga layoqatliligini aniqlash va kasbiy kasalliklarning oldini olish maqsadida dastlabki (ishga qabul qilingan vaqtda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Zararli ishlab chiqarish omillari va ishlarning ro‘yxati, shuningdek, ushbu ishlarni bajarishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi.
13. Elektr energetikasi sohasi korxonalari rahbarlari belgilangan tartibda xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etishlari shart.
14. Xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganda yoki tekshiruv natijalari bo‘yicha tibbiy komissiya tomonidan berilgan tavsiyalarga rioya qilmaganda korxona rahbari ularni ishga qo‘ymaslik huquqiga ega.
Tibbiy komissiya tomonidan tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha salbiy xulosa berilganda, xodimlar zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarga jalb qilinmaydi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling