Konchilik fakulteti


Download 1.49 Mb.
bet5/29
Sana20.10.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1711342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
xavfsizlik MUSTAqil ish kem

xodimlar bilan ishlash — xodimlarning kasbiy funksiyalarini bajarishga tayyorligini ta’minlaydigan korxonaning ishlab chiqarish faoliyati yo‘nalishi;
stajorlik — ish joyida amaliy mashg‘ulot;
dublyorlik — ish joyida dublyor tayyorlash uchun javobgar bo‘lgan shaxs kuzatuvi ostida elektr qurilmalarini boshqarishni va boshqa funksiyalarni amalga oshirish;
maxsus tayyorgarlik — o‘quv-amaliy vositalarda ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish bo‘yicha tizimli mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘li bilan xodimning malakasini saqlash, tashkiliy-rahbarlik hujjatlarini o‘rganib chiqish, texnologik buzilishlar va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha uning bilimi, qobiliyati hamda mahoratini shakllantirish;
malaka oshirish — tizimli ravishda mustaqil o‘qish, ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘qishlarni o‘tkazish, ta’lim muassasalarining tegishli kurslarida qisqa muddatli va davriy uzoq muddatli o‘qitish orqali amalga oshiriladigan xodimlar bilan ishlash shakli;
xodimlar bilan ishlashning jamoaviy shakli — ish natijalarini sarhisob qilib hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat nazoratini, ko‘rgazmali tashviqotlarni, musobaqalarni va boshqalarni tashkil etgan holda mavzuli ko‘riklar, ma’ruzalar, ko‘rgazmalar, ishlab chiqarish yig‘ilishlari o‘tkazishni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksi;
xizmat safariga yuborilgan xodim — elektr stansiyalari, elektr yoki issiqlik tarmoqlarining ishlab turgan elektr qurilmalarida ish bajarish uchun yuborilgan, lekin ularning shtat birligiga kirmagan energetika tizimining ekspluatatsiya qilish, qurilish-montaj, ta’mirlash va sozlash korxonalari xodimlari;
liniyadagi muhandis-texnik xodim — qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishiga bevosita ish joyida rahbarlik qiluvchi qurilish-montaj tashkilotlari xodimlari (usta, katta usta, uchastka mexanigi);
yong‘in xavfsizligi bo‘yicha minimal bilim hajmi — ishlab chiqarishning texnologik jarayonini, yong‘inga qarshi kurashish vositalari va usullarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha xodim bilimining zarur minimal hajmi;

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling