Konchilik fakulteti


Kabellar va muftalarni osish va mahkamlash


Download 1.49 Mb.
bet19/29
Sana20.10.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1711342
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
xavfsizlik MUSTAqil ish kem

Kabellar va muftalarni osish va mahkamlash.
Ochiq muftalar transheya orqali oshirib tashlangan bruslarga sim yoki tros yordamida osib taxtaga mahkamlanishi va quti ichiga joylashtirilishi shart. Qutining bir devori olib qo‘yiladigan va mixsiz mahkamlanadigan bo‘lishi shart.
Qazib ochilgan kabellarni yopuvchi qutilar ustiga ogohlantiruvchi plakatlar yoki xavfsizlik belgilari osilishi shart.
Kabellarni osish uchun qo‘shni kabellardan, quvurlardan va hokazolardan foydalanishga ijozat berilmaydi. Kabellarni joyidan siljitmasdan osish kerak.
Muftalarni ochish, kabelni kesish.
Muftalarni ochishdan yoki kabelni kesishdan oldin ta’mirlanishi kerak bo‘lgan kabelda ish olib borilishiga, ushbu kabel o‘chirilganligiga va unda ishga qo‘yish uchun zarur texnik tadbirlar bajarilganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Ta’mirlanishi kerak bo‘lgan kabelni ish joyida quyidagilarga qarab aniqlash kerak:
kabelni tunnel, kollektor, kanal va boshqa kabel inshootlari yoki binolar devorlari bo‘ylab yotqizishda — kuzatish orqali, sxemalar va chizmalar bo‘yicha kabellarning joylashishini solishtirish, yorliqlar bo‘yicha tekshirish bilan;
kabelni erga yotqizishda — uning joylashishini yotqizish sxemalarida ko‘rsatilgan holatlari bilan solishtirib aniqlanadi. Buning uchun oldindan hamma kabellarni ko‘rish imkonini beradigan kabellar dastasiga ko‘ndalang qilib nazorat zovuri (shurfi) qazilishi shart.
Kabelning shikastlangan joyi ko‘rinmaydigan barcha hollarda yasama ramkasi bo‘lgan kabel qidiruvchi apparatni qo‘llash kerak.
Kabelni kesishdan yoki ulovchi muftani ochishdan oldin maxsus moslama yordamida kuchlanish yo‘qligini tekshirish shart. Tunnellar, kollektorlar, quduqlar va boshqa kabel inshootlarida moslamani qo‘llashga uni masofadan boshqarish imkoni bo‘lganda ijozat beriladi. Moslama kabelning zirhi va qobig‘ini, kabel tolalarigacha bir-biriga qisqa tutashtirilgan va erga ulangan holda teshish yoki kesishni ta’minlashi shart.
Kabel teshuvchi moslamani erga ulash uchun kamida 0,5 m chuqurlikda ko‘milgan erga ulagichdan yoki kabel zirhidan foydalanish mumkin. Yerga ulaydigan simni kabel zirhiga xomut yordamida ulash kerak, xomut ostidagi zirh tozalangan bo‘lishi shart.
Agar kabel zirhi korroziyaga uchragan bo‘lsa, u holda erga ulaydigan simni kabelning metall qobig‘iga ulashga ijozat beriladi.
Kabel shikastlanishi natijasida hamma tok o‘tkazuvchi tolalar ochilib qolgan bo‘lsa, unda kuchlanish yo‘qligini kabelni teshmasdan, kuchlanishning ko‘rsatkichi yordamida tekshirish mumkin.
Izolatsiyalovchi shtangaga o‘rnatilgan igna va kesuvchi uchlikdan foydalanilganda maxsus himoya ekrani qo‘llanishi zarur.
Kabelni teshayotganda dielektrik qo‘lqoplar va himoya ko‘zoynaklarini kiyish kerak, bunda zovur tepasida — izolatsiyalovchi asos ustida teshilayotgan kabeldan iloji boricha uzoqda turish lozim.
Kabelni teshish ishlarini ikki xizmatchi bajarishi kerak: ishga qo‘yuvchi va ish bajaruvchi; ulardan biri bevosita kabelni teshadi, ikkinchisi esa kuzatib turadi.
Elektr stansiya va podstansiyalarning ichki kabel liniyalarida kabellarning uzunligi va joylashish tartibi, chizmalar, yorliqlar, kabel qidiruvchi apparatlar yordamida ta’mirlanishi kerak bo‘lgan kabelni aniq topish imkon bo‘lsa, naryad beruvchining qaroriga qarab kesish yoki shikastlangan muftani ochishga kabelni teshmasdan bajarishga ijozat beriladi.
Oldindan teshmasdan turib bajariladigan kabel muftalarini ochish va kesish ishlarini dielektrik qo‘lqoplar va himoya ko‘zoynagini kiygan holda, izolatsiyalovchi asosda turib, erga ulangan asbob yordamida bajarish zarur.
Oldindan teshilgan kabeldagi o‘sha operatsiyalar sanab o‘tilgan qo‘shimcha xavfsizlik choralarisiz bajarilishi mumkin.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling