Konchilik ishi fakulteti konchilik elektro mexanikasi kafedrasi kon mashinalarining elektr jihozlari fanidan
Download 1.21 Mb.
|
elektrovoz
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV Foydalaniolgan adabiyotlar va saytlar
III Xulosa
Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti tizimlari ularga qo‘yiladigan talablar, ularning ishlash sharoitlari, foydalaniladigan elektroenergetik va elektrotexnik qurilma va jihozlar, hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimlaridan keskin farq qiladi. Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti tizimlarini hisoblash, parametrlarini tanlash va ularni loyihalashdagi o‘ziga xoslik haqida o`rgandim. Elektrlashgan temir yo‘llar tortish tarmog‘idan ta’minlanayotgan elektrovozlar kontakt osmasi va rels yordamida elektr energiyasini iste’mol qiladi. Bunda relslar yerdan elektr jihatdan izolatsiya qilinmaganligi bois tok yer orqali ham o‘tadi. Temir yo‘l yaqinidagi metall quvurlar va metall qobiq bilan o‘ralgan kabellardan ushbu toklar o‘tishi natijasida zararli oqibatlar yuzaga keladi. Bu holat ayniqsa o‘zgarmas tok elektr ta’minoti 16 tizimida ko‘zga yaqqol tashlanadi: o‘zgarmas tok yer osti inshootlarini yaroqsiz holga keltirib qo‘yishi bilan birga ularda yuqori xavfli potensiallar hosil qilishi mumkin. Yuqorida keltirilgan kamchiliklar sababli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ elektrlashgan temir yo‘llarida o‘zgarmas tok yordamida tortish tizimi qo‘llanilmaydi. Respublikamizda o‘zgarmas tok yordamida tortish tizimi shahar elektr transportlari (tramvay va metro)da qo‘llaniladi. 21 O‘zgarmas tok temir yo‘llar elektr ta’minoti tizimlarida markazlashgan va taqsimlangan ta’minot sxemalari mavjud. Ushbu ikkita sxemaning asosiy farqi ulardagi to‘g‘rilagich agregatlari soni va quvvatni zaxiralash usuli bilan belgilanadi. Markazlashgan ta’minlash sxemasida tortuvchi nimstansiyadagi to‘g‘rilagich agregatlarining soni ikkitadan kam bo‘lmaydi. Taqsimlangan ta’minot sxemasida esa barcha tortuvchi nimstansiyalar bittadan to‘g‘rilagich agregatiga ega bo‘lib, tortuvchi nimstansiyalar orasidagi masofa qisqaradi. Birinchi sxemada zaxira uchun qo‘shimcha to‘g‘rilagich agregatlaridan foydalaniladi. Ikkinchi sxemada esa tortuvchi nimstansiya element va qurilmalari emas, balki tortuvchi nimstansiya zaxirada tutiladi. IV Foydalaniolgan adabiyotlar va saytlar: 1. Amirov S.F. ELEKTRLASHGAN TEMIR YO‘LLAR ELEKTR TA’MINOTI darslik Toshkent -2015 2.https://library.samdu.uz/public/files/d91530a096a705256d08861eb20a1beb_ELEKTRLASHGAN%20TEMIR%20YO%E2%80%98LLAR%20ELEKTR%20TA%E2%80%99MINOTI.pdf 3. https://www-norma-uz.translate.goog/qonunchilikda_yangi/elektr_qurilmalarini_ekspluataciya_qilish_qoidalari_tasdiqlandi?_x_tr_sl=uz&_x_tr_tl=ru&_x_tr_hl=ru&_x_tr_pto=sc 4. https://cyberleninka.ru/article/n/upravlenie-sistemami-tyagovogo-elektrosnabzheniya-zheleznyh-dorog/viewer Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling