Konchilik ishi fakulteti konchilik elektro mexanikasi kafedrasi kon mashinalarining elektr jihozlari fanidan


Download 1.21 Mb.
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1355825
1   2   3   4
Bog'liq
elektrovoz

II Asosiy qism
Elektrlashgan temir yo‘l elektr ta’minoti tizimi quyidagi ikkita qismdan iborat: 1.Elektr ta’minoti tizimining tashqi(birlamchi) qismi. Bu qismga elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalari, transformator nimstansiyalari, elektr energiyasini tortuvchi nimstansiyalarga uzatuvchi liniyalar kiradi (tortuvchi nimstansiyalarbu qismga kirmaydi). 2. Elektr ta’minoti tizimining tortuvchi(ikkilamchi) qismi. Bu qism tortuvchi nimstansiyalar va tortish tarmog‘ini o‘z ichiga oladi. Tortish tarmog‘i o‘z navbatida kontakt tarmog‘i, relslar, ta’minlovchi va so‘ruvchi(qaytuvchi) liniya(fider)lar hamda kontakt osmasiga liniya bo‘ylab bevosita yoki avtotransformator orqali ulanadigan simlar va qurilmalardan tashkil topgan bo‘ladi. Tortuvchi nimstansiyaning tuzilishi tortish elektr ta’minoti tizimining turiga bog‘liq. Temir yo‘lning elektrlashgan uchastkasi temir yo‘l transporti tizimi joylashgan hudud energetik tizimidan ta’minlanadi. Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti tizimining prinsipial sxemasi 2- rasmda keltirilgan. Tashqi elektr ta’minoti tizimi (I) elektr stansiyasi 1, transformator nimstansiyasi 2 va elektr uzatish liniyasi 3 larni o‘z ichiga oladi. Tortish elektr ta’minoti tizimi (II) tortuvchi nimstansiya 4, ta’minlovchi liniya(fider) 5, so‘ruvchi(qaytuvchi) liniya(fider) 6, kontakt tarmog‘i 7 va relslar 9 hamda liniya qurilmalaridan tashkil topgan.

2- rasm. Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti prinsipial sxemasi:
1-tuman elektr stansiyasi; 2-oshiruvchi transformator nimstansiyasi; 3-uch fazali elektr uzatish liniyasi; 4-tortuvchi nimstansiya; 5-ta’minlovchi liniya; 6-so‘ruvchi(qaytuvchi) liniya; 7 - kontakt tarmog‘i; 8 - elektr lokomotiv; 9 - rels

Temir yo‘llar elektr ta’minoti 35, 110, 220 kV kuchlanishli va chastotasi 50 Hz bo‘lgan elektr uzatish liniyalaridan amalga oshiriladi. Dunyo miqyosida elektrlashgan temir yo‘llarda quyidagi tortish elektr ta’minoti tizimlari qo‘llaniladi: 1,5 kV va 3 kV kuchlanishli o‘zgarmas tok elektr ta’minoti tizimi; 25 kV kuchlanishli va 50(60) Hz chastotali o‘zgaruvchan tok elektr ta’minoti tizimi; 2x25 kV kuchlanishli va 50(60) Hz chastotali o‘zgaruvchan tok elektr ta’minoti tizimi; 94 kV kuchlanishli ikkita simli bo‘ylama liniyaga ega bo‘lgan elektr ta’minoti (IBL - 94 kV) tizimi; 15 kV kuchlanishli va 3 162 (25) Hz chastotali o‘zgaruvchan tok elektr ta’minoti tizimi.


Elektrlashgan temir yo‘l uchastkasining 3 kV kuchlanishli o‘zgarmas tok elektr ta’minoti prinsipial sxemasi 3- rasmda keltirilgan. Elektr tortish tizimi kuchlanishi deganda uning elektr harakat tarkibi normal ishlashi uchun mo‘ljallangan nominal qiymati tushuniladi. Bu kuchlanish kontakt tarmog‘ining ham nominal kuchlanishi hisoblanadi. Nimstansiya shinalaridagi kuchlanish odatda nominal kuchlanishdan 10% ga ko‘p, deb qabul qilinadi. Shuning uchun ham 3 kV kuchlanishli tizim nimstansiya shinalaridagi kuchlanish 3,3 kV, 25 kV kuchlanishli tizim nimstansiya shinalaridagi kuchlanish esa 27,5 kV ni tashkil etadi. Tortish elektr ta’minoti tizimi ko‘pchilik hollarda 110(220) kV kuchlanishli shinalardan ta’minlanadi. Shuning uchun ham elektr energiyasi tortuvchi nimstansiyaga chiqish kuchlanishi 10 kV bo‘lgan pasaytiruvchi transformatorlar orqali uzatiladi. Pasaytiruvchi transformator chiqish shinalariga tortuvchi transformator va o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartiruvchi to‘g‘rilagich o‘zaro ketma-ket ulangan o‘zgartkich agregati ulanadi. To‘g‘rilagich qurilmasi chiqish shinasidagi kuchlanish 3,3 kV ga teng. Ushbu shinalarning “musbat” qismasi kontakt tarmog‘iga, “manfiy” qismasi esa relsga ulanadi. 19 O‘zgarmas tok tortish elektr ta’minoti tizimining o‘ziga xos prinsipial xususiyati shundan iboratki, elektr energiyasi tortuvchi motorga kontakt tizimi yordamida uzatiladi. Elektrovoz va elektropoyezdlar tortuvchi motorlarining nominal kuchlanishi 1,5 kV bo‘lib, ikkita tortuvchi motor o‘zaro ketma-ket ulanganda tortish tarmog‘idan 3 kV kuchlanish beriladi.


3- rasm. Elektrlashgan temir yo‘l uchastkasining 3 kV kuchlanishli o‘zgarmas tok elektr ta’minoti tizimi prinsipial sxemasi
3 kV kuchlanishli o‘zgarmas tok tortish elektr ta’minoti tizimi quyidagi afzalliklarga ega:
1) kontakt tarmog‘i kuchlanishi tortuvchi motorlarga qo‘shimcha qurilma va o‘zgartkichlarsiz bevosita uzatiladi. Shuning uchun ham elektrovozlar nisbatan sodda tuzilishga ega;
2) o‘zgarmas tok tortish yuklamasi uch fazali tashqi elektr ta’minoti tizimi uchun simmetrik yuklama hisoblanadi va shuning uchun ham bu yuklama tashqi uch fazali tizimda tok va kuchlanishlar nosimmetriyasini yuzaga keltirmaydi; 20 3) o‘zgarmas tok tortish tarmog‘ining yondosh liniya va qurilmalarga elektromagnit ta’siri juda kam.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling