Konchilik ishi fakulteti


Minerallarni boshqa xusuiyatlaridan


Download 119.72 Kb.
bet3/8
Sana20.06.2023
Hajmi119.72 Kb.
#1635044
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3ds

Minerallarni boshqa xusuiyatlaridan (issiqlik о‘tkazuvchanligi, elektr о‘tkazuvchanligi, piroelektrik xususiyatlari, detektorlik xususiyati, qizdirganda va erituvchilarda eruvchanligi va h.k.) kо‘proq diagnostik ahamiyatga ega bо‘lgan, ya’ni minerallarni aniqlash uchun yoki aniqlashning tо‘g‘ri yoki notо‘g‘ri ekanligini tekshirib kо‘rish uchun yordam beradigan xususiyatlaridan ayrimlarini kо‘rib chiqamiz.
Ayrim minerallarni urganda yoki sindirganda о‘zidan hid chiqarish xususiyati ularni aniqlashda eng muhim diagnostik belgilardan biri hisoblanadi. Masalan, sof tug‘ma margimush, arsenopirit (FeAsS) va boshqa metallarning arsenidlarini qattiq urganda, ayniqsa olovda isitganda va qizdirganda о‘tkirroq seziladigan о‘ziga xos sarimsoq «margimush hidi» chiqaradi. Neft konlarida kо‘p uchraydigan vodorod sulfidning о‘ziga xos hidi bor. Shuning uchun vodorod sulfidli konlarni shu hidi bilan topish ancha yengillashadi.
Ayrim minerallarni aniqlashda ularni mazasi ham muhim ahamiyatga ega. Masalan: Osh tuzi va shunga о‘xshash ayrim tuzlarni mazasiga qarab osonlikcha ajratishimiz mumkin.
Ayrim minerallarni qidirishda tovush chiqarish xususiyati muhim ahamiyatga ega bо‘ladi. Masalan, serrusit (PbCO3) massalari yerga tushayotganda, yerga tushgan shishadek tovush chiqaradi. Xuddi shunga о‘xshash har xil pishiqlikdagi tog‘ jinslari va rudalar ularni qazish vaqtida tog‘ uskunalari bilan urganda bir-biridan farq qiladigan turli tovushlar chiqaradi, bunga tog‘ ishlarida amaliy tajribaga ega bо‘lgandan sо‘ng о‘rganib olish mumkin.
1) Endogen (ichki jarayonlar ta’sirida) davomida hosil bо‘lgan minerallar; yer sharining ichki issiqlik energiyasi hisobiga yuzaga kelgan jarayonlar
2) Ekzogen (tashqi jarayonlar ta’sirida) yer shari yuzasidagi asosan tashqi quyosh energiyasi hisobiga sodir bо‘lib turadigan jarayonlar davomida hosil bо‘lgan minerallar.
Endogen jarayonlarga: magmatizm, vulkanizm, tektonik harakatlar va yer qimirlashlar kiradi. Bularga yerning ichki qismida yuqori temperatura, bosim va boshqa faktorlar ta’sirida sodir bо‘adigan tog‘ jinslarini о‘zgartiruvchi metamorfik jarayonlar ham kiradi. Magma – yerning ichki qismidan chiquvchi olovsimon – suyuq xamirsimon, tarkibi murakkab silikatli, gazsimon mahsulotlar bilan tо‘yingan modda. Ekzogen jarayonlar litosferani atmosfera, gidrosfera va biosfera bilan о‘zaro ta’siri natijasida yuzaga kelib, ular nurash, shamolning ishi, suvlar, muzlar, qorlar, dengiz tо‘lqinlari tarzida namoyon bо‘ladi.
Maydalangan mineralni orasidan, mineral turiga qarab ajratib olish juda qiyin bо‘lgan taqdirda, ularni quyidagi usullar bilan ajratib olish mumkin:
a) binokulyar lupa yordamida;
b) og‘ir suyuqliklar yordamida fraksiyalarga ajratish yо‘li bilan;
v) magnitli ajratgichlar yordamida, kuchli magnit xususiyatga ega bо‘lgan minerallarni, magnit xususiyatiga ega bо‘lmagan va kuchsiz magnit xususiyatga ega bо‘lgan minerallardan ajratish yordamida.
Yuqorida kо‘rsatilgan usullar bilan mineral namunasi ajratib olingandan sо‘ng ularni fizik xususiyatlari va ximiyaviy tarkibiga qarab har xil tekshirish usullaridan foydalanib aniqlanadi.
Ximiyaviy analiz. Nisbatan qiyin va qimmatga tushadigan tekshirish usulidir. Shuning uchun bu usuldan quyidagi hollarda foydalaniladi:
a) yangi mineral ochilishi taxmin qilinganda yoki ma’lum bо‘lgan mineralni yangi xilini aniqlashda:
b) mineral о‘zgaruvchan tarkibga ega bо‘lganda;
v) tо‘liq ximiyaviy analizlar kam qilingan mineral bо‘lib, juda kam uchraydigan ximiyaviy birikma bо‘lganda;
g) mineral bir necha generatsiyada uchraganda va boshqa hollarda.
Ximiyaviy analiz uchun tayyorlangan material ilgari spektral analiz qilinmagan bо‘sa, avval shunday analiz qilinishi kerak. Bunday analiz mineral tarkibida qanday ximiyaviy elementlar borligini va ularning qaysi birini ximiyaviy yо‘l bilan aniqlanishi mumkin ekanligini bilish uchun zarur.
Spektral analiz. Bu eng arzon tushadigan va tez bajariladigan analizdir. Shuning uchun bu analiz mineralogik tekshirish ishlarida nihoyatda keng qо‘llaniladi. Mineral tarkibida ishtirok etuvchi ximiyaviy elementlarni aniqlashni bu usuli har qaysi ximiyaviy elementning yetarli darajada qizdirilganda о‘zidan spektroskop yordamida tekshiriladigan tо‘lqin uzunligida nur chiqarishiga asoslangan.
Elektron mikroskop yordamida tekshirish. Oddiy mikroskopda aniqlab bо‘lmaydigan juda mayda zarrachalardan (0,5 mikrondan kichik) iborat bо‘gan minerallarni tekshirishda elektron mikroskop foydalaniladi.
Tekshirilayotgan mineralning tasviri, elektron mikroskopda, jismga tushayotgan elektron nurlar tо‘plami ta’sirida yuzaga keladi.
Shlix analizi. Shamol ta’siri ostida tog‘ jinslari va rudalarning nurash jarayoni natijasida yer yuzida nurash mahsulotlari orasida ximiyaviy barqaror minerallar-kvars, magnetit, sirkon, turmalin, rutil, ba’zan kassiterit, oltin, platina va boshqa minerallar saqlanib qoladi, ular oqin suvlar bilan yuvilib, soylar va dengiz qirg‘oqlari bо‘ylab yotqizilgan jinslar orasida sochilma kon shaklida tо‘planadi. Shu yumshoq jins namunalarini oddiy asbob uskunalar (lotok, chо‘mich va boshqalar) yordamida yuvib, shlix deb aytiladigan eng og‘ir minerallar konsentrati olinadi.
Shlixlardagi minerallarning disgnostikasi va miqdorini aniqlash uchun olingan materialning о‘rtacha hajmidagi namunasi (10-20 g miqdorda) avvalo standart elaklardan о‘tkaziladi va donalarning katta kichikligiga qarab fraksiyalarga ajratiladi. Shundan sо‘ng har qaysi fraksiyalardan oddiy magnit yordamida qog‘oz orqali magnit tortuvchi fraksiya ajratib olinadi. Bundan sо‘ng qolgan mahsulotni solishtirma og‘irligiga kо‘ra og‘ir suyuqliklarga (Bromoform, Tum suyuqligi va boshqalar) solib maxsus ajratgich yoki oddiy ximiyaviy voronkalarda ajratiladi.
Termik analiz. Qizdirish va sovutish natijasida, ma’lum temperatura oralig‘ida, minerallarda har xil о‘zgarishlar, endo va ekzotermik effektlar (issiqlik yutilishi va issiqlik chiqarilishi) va reaksiyalar sodir bо‘ladi.


Xulosa
Ushbu mistaqil yuzasidan boyitishning maxsus usullari minerallarning xususiyatlariga qarab tanlanishini bilib oldim. Masalan zichligi yuqori bo’lgan oltin konsentratsion stolda boyitilishi yaxshi samara berishi ma’lum bo’ldi.



Download 119.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling