Konchilik ishi va metallurgiya
Davlatning ilmiy va innovatsiya faoliyatiga faol aralashuvi ko‘yidagi yo‘nalishlarda
Download 2.63 Mb.
|
соха икти лотин 2022
Davlatning ilmiy va innovatsiya faoliyatiga faol aralashuvi ko‘yidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
davlatning innovatsiya soxasi infrastrukturasini yaratish va ilmiy-texnik aloka takliflarini kiritish; innovatsiya soxasida barcha tashkilotchilarning innovatsiya faolligini oshirishga yordam beruvchi sharoit yaratish; xo‘jalik amaliyotida keng tarkalgan yangilikka talabni shakllantirishning boshlang‘ich bosqichi uchun davlat resurslari ajratilishi. Ilmiy-tadqiqot natijalarini realizatsiya qilish natijasida olgan foydadan imtiyozli solik olish; Ilmiy tadqiqotlar ixtiyorida bo‘lgan yordamchi va boshqa mulkdan solik olishni bekor qilish; Ilmiy ish olib borish uchun xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan buyumlar uchun to‘lovlardan ozod qilish; Individual ixtirochilar va kichik joriy etish korxonalari uchun foizsiz kreditlar berish; Imtiyozli soliklar imkoniyati bo‘lgan venchur innovatsiya foydani yaratish; Individual ixtirochilar uchun davlat patent to‘lovini kamaytirish; Resurslarni iktisod kiluvchi ixtirochilar uchun to‘lov muddatini kechiktirish; Uskunalarni amortizatsiyasini tezlashtirish xuquqini berish; Texnopark va texnopolis tarmoqlarini yaratish. Ilmiy va innovatsiya soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga ko‘yidagilar kiradi: ilmiy va ilmiy-texnik ijodkorlik; intellektual mulkni xuquqiy ximoya qilish; ilmiy, ilmiy-texnik va ta’limning integratsiyasi; ilmiy va texnika soxasidagi raqobatni ko‘llab-quvvatlash; ilmiy rivojning ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha resurslarni konsentratsiyalash; ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsiya faoliyatining tadbirlar faolligini moddiy rag‘batlantirish; xalqaro ilmiy xamkorlikni rivojlantirish. Davlat organlarining funksiyalari. Davlat organlarining innovatsion soxadagi asosiy funksiyalari kuyidagilar xisoblanadi: tadqiqot va ishlab chiqarishga mablag‘larni yo‘naltirish; innovatsion faoliyatni muvofiklashtirish; innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish va mazkur soxada raqobatni kuchaytirish; innovatsion xavf-xatarni sug‘urta qilish; zaxiralarni o‘zlashtirish va maxsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha majburiyatlarni bajarilmaganligi uchun davlat sanksiyalarini joriy etish; innovatsion jarayonlarni boshqarishning xuquqiy asosini yaratish, xususan mualliflik xuquqi va intellektual mulkni ximoya qilish; innovatsion faoliyatni kadrlar bilan ta’minlash; innovatsion jarayonning institutsional ta’minoti; innovatsiyaning ijtimoiy va ekologik yo‘nalishi; innovatsion faoliyatning ijtimoiy statusini oshirish; innovatsion jarayonlarni mintakaviy tartibga solish; innovatsion jarayonlarning xalqaro yo‘nalishlarini tartibga solish. Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling