Konchilik ishi va metallurgiya
Sohani rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari
Download 2.63 Mb.
|
соха икти лотин 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 ta innovatsion loyiha amalga oshirilyapti . 1- loyiha
- 2 - loyihada
14.2. Sohani rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, farovonligini yuksaltirish borasidagi islohotlar jumladan “2018 — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar mohiyatida davlat idoralari faoliyatini xalqqa yaqinlashtirish, O‘zbekistonda inson omilining nechog‘lik ustuvor ekanini anglatish kabi ezgu maqsadlar bor. Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan g‘oyalari asosida tizimda innovatsiya, nou-xaularni tadbiq etish, modernizatsiyalash, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish jarayonlari izchillik bilan amalga oshirilyapti. Tizimda eng samarador va istiqbolli 7 ta innovatsion loyiha amalga oshirilyapti. 1- loyiha — gaz transporti tizimida dispetcherlik boshqaruv va ma’lumotlar yig‘imining avtomatlashtirilishi (SCADA — Supervisory Control And Data Acquisition - Dispetcherskoe upravlenie i sbor dannыx). Mazkur SCADA dasturi ijrosi gaz transporti tizimida ma’lumotlarni real vaqtda qabul qilish, qayta ishlash, texnologik protsesslarni mantiqiy boshqarish, ma’lumotlarni despetcherlik boshqaruviga avtomatik ravishda uzatish, magistral gaz quvurlarida sodir bo‘lgan avariya holatlari bo‘yicha real vaqt sharoitlarida xabardor qilish imkonini beradi. 2 - loyihada tabiiy gazni ishlab chiqaruvchi korxonalardan to iste’molchigacha bo‘lgan hisob va nazoratning 5-bosqichli avtomatlashgan tizimi (ASKUG- avtomatizirovannaya sistema kontrolya i ucheta gaza, avtomatlashtirilgan gaz nazorati va xisobga olish tizimi) bo‘lib bu tizim hozir amalda. Unda ishlab chiqaruvchi korxonalar va magistral gaz quvurlari boshqarmalarining bo‘linish chegaralariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilib, dispetcherlik boshqaruvi tizimiga ulanadi; gaz taqsimlash stansiyalari va viloyat gaz filiallarining yuqori bosimli gaz quvurlari chegarasiga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilib, ma’lumotlar on-layn rejimida dispetcherlik xizmatlariga uzatiladi; tumanlararo chegaralarga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlarini o‘rnatish, har bir tuman va shaharga kirib kelayotgan gazning aniq hisobini belgilash jarayonlaridan iborat. Hozirda bo‘linish chegaralariga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagichlariga zamonaviy aloqa tizimlarini o‘rnatish va muayyan tartib asosida dispetcherlik xizmatlari faoliyatida jarayonni monitoring orqali kuzatish bo‘yicha sinov ishlari olib borilmoqda. ASGUK (avtomatlashtirilgan gaz nazorati va xisobga olish tizimi) tizimining yana bir afzalligi shundaki, bunda yirik sanoat korxonalariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlari o‘rnatiladi hamda on-layn sharoitida nazorat qilinadi. YAkuniy bosqichida esa, har bir aholi xonadoniga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatiladi va barcha elektron gaz hisoblagichlar yagona “Billing” tizimga ulanadi. Tabiiy gazni ishlab chiqaruvchi korxonalardan to iste’molchigacha bo‘lgan hisob va nazoratning 5-bosqichli bu avtomatlashgan tizimini ichiga olgan loyihaning amalga oshirilishi — tabiiy gaz ishlab chiqaruvchidan to oxirgi iste’molchigacha etkazilgan tabiiy gaz hisobini real vaqt sharoitlarida yuritish imkoni yaratilib, ishlab chiqarishda inson omili ishtiroki kamayadi. Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling