9. Quyida qayd qilinganlarning qaysi biri boshqarish funksiyasi hisoblanadi:
a) rejalashtirish
b) tashkil qilish
v) tartibga solish va muvofiqlashtirish
*g) noto‘g‘ri javob yo‘q.
10. Boshqarish faoliyati turlariga qarab boshqarish funksiyalari:
a) xududiy va tarmoq funksiyalariga bo‘linadi
b) rahbar va bo‘ysunuvchi funksiyalariga bo‘linadi
v) umumiy (asosiy) va aniq funksiyalarga bo‘linadi
*g) noto‘g‘ri javob yo‘q.
11. Quyida qayd qilingan funksiyalarning qaysi biri boshqarishning iqtisodiy funksiyasiga kiradi:
a) mehnat sharoitini yaratish
b) xodimlarni insoniylik ruhida tarbiyalash
v) marketing xizmatini uyushtirish
*g) ishlab chiqarishni tashkil qilish.
12. Quyida qayd qilingan funksiyalarning qaysi biri boshqarishning ijtimoiy funksiyasiga kiradi:
a) mablag‘larning doiraviy oborotini ta’minlash
*b) xodimlarning ijtimoiy madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirish
v) xodimlarni mehr-shavqatli va o‘zaro munosatlarda sabr toqatli bo‘lish ruhida tarbiyalash
g) axborotlar oqimini tashkil qilish.
13. Quyida qayd qilingan funksiyalarning qaysi biri boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyasiga kiradi:
a) foyda olishni ta’minlash
b) xodimlarning ijtimoiy madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirish
v) boshqarish apparati xodimlari o‘rtasida mas’uliyatlarni belgilash
*g) xodimlarga halollikni, adolat tuyg‘usini tarbiyalashga xizmat qilish.
14. Tashqi muhit tahlili deganda:
*a) iste’molchini xohishini o‘rganish, raqobat darajasini aniqlash, xom ashyo sifatini baholash tushuniladi
b) boshqaruv organlari tizimida quyi organlarning yuqori organlarga bo‘ysinishi va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa tushuniladi
v) bo‘linmalar yig‘indisi, ularning tarkibi va o‘zaro aloqa shakllari tushuniladi
g) b+v.
Do'stlaringiz bilan baham: |