Konchilik ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari
Burg‘ulash ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari
Download 28.04 Kb.
|
Geotexnologiya MI
Burg‘ulash ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari
Burg‘ilash ishlari texnik hujjatlarga (loyihalarga, burg‘ilash-portlatish ishlari uchun ham, yoxud pasportlarga) muvofiq, quduqlarni burg‘ulash esa har bir burg‘ilash usuli (termik, sharoshkali va shu kabi) uchun namunaviy yo‘riqnomalar asosida korxona tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomalarga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.Burg‘ulash stanogi pog‘onaning qulash prizmasidan tashqari rejalashtirilgan maydonchaga o‘rnatilishi, quduqlarni birinchi qatorini burg‘ulashda esa uning zanjiri pog‘onani yuqori chetidan kami bilan ikki metr masofada va chetga perpendikulyar holga keltirilib joylashtirilishi kerak. Yig‘ishtirilmagan portlatilgan kon massalaridan iborat tirkama devor bilan ishlar bajarishda pog‘onani yuqori chetidan burg‘ulash stanogigacha bo‘lgan masofa chegaralanmaydi.Tirkama devorsiz ish bajarishda quduqlarni birinchi qatori uchun burg‘usi sharoshkali bo‘lgan burg‘ulash stanogini o‘rnatish masofadan amalga oshirilishi kerak. Stanok domkratining tagiga ma’dan va jinslar bo‘laklarini qo‘yish taqiqlanadi. Machtasini ko‘targan holda burg‘ulash stanogini pog‘ona bo‘ylab harakatlantirishni tayyorlovchi zavodning foydalanishga oid yo‘riqnomasiga muvofiq ravishda qiyalatish bilan amalga oshirishga ruxsat etiladi. Burg‘ulash stanogini elektr simlarining ostidan va o‘tish joylaridan harakatlantirishda machtasi tushirilgan, burg‘ulash asbobi yechilgan yoki ishonchli mahkamlangan bo‘lishi kerak. Yong‘in va zaharli modda chiqarishga moyil kon jinslarida termik burg‘ulash stanogi bilan quduqlar burg‘ulash taqiqlanadi. Burg‘ulangan quduqlar uchastkalarining odamlar o‘tadigan va avtotransport yuradigan tomoniga ogohlantirish belgilarini qo‘yish kerak. Bunday uchastkalarni to‘siqlar bilan o‘rash tartibi karyer bosh muhandisi tomonidan belgilanadi. Pog‘onaning burg‘ulash qudug‘i atrofi yuzasi kamida 0,7 m radiusda jinslar bo‘laklari, burg‘ilash mayda-chuydalari va begona narsalardan tozalangan bo‘lishi kerak, toki portlatish moddasi bilan zaryadlash paytida ular quduqqa tushmasin. Perforator (elektr parma) bilan bo‘rg‘ilashda supachani ishchi yuzasining eni 4 m dan kam bo‘lsa, ishchilarning xavfsizligini taminlaydigan qo‘shimcha chorlar ko‘rilishi kerak.Kon massasining nogabarit bo‘laklari qo‘l yoki mexanik usul (butoboy), yuza yoki shpur zaryadlar bilan parchalanishi kerak.Kon massasining nogabarit bo‘laklari qo‘lda yoki bo‘rg‘ulash bilan parchalashda shruplarni (quduqlarni) turg‘un qilib va faqat pog‘onaning qulamaydigan va kon massasining to‘kilmaydigan qavatining bir qatlamiga o‘rnatish kerak. Bunday hollarda shruplarni bo‘rg‘ulash pasportga muvofiq ravishda bajarilishi kerak. Download 28.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling