Konchilik ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari


Portlatish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari


Download 28.04 Kb.
bet3/4
Sana18.02.2023
Hajmi28.04 Kb.
#1209643
1   2   3   4
Bog'liq
Geotexnologiya MI

Portlatish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari
Portlatish ishlari karyerlarda meyoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya qilingan holda bajarilishi kerak. Portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2004 yil 5 mart, 109 – sonli qaroriga muvofiq portlovchi va zaharli modda, materiallar, ular qo‘llanilgan mahsulotlar, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqish, tashish, saqlash va sotish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak.
Yoppasiga portlatish O‘zbekiston Respublikasi «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan va u bilan kelishilgan yo‘riqnomalar talablariga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.
Yoppasiga portlatishni qo‘llash bilan portlatish ishlarini olib boruvchi har bir korxona aniq sharoitlarda yoppasiga portlatish loyihalari va pasportlarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanuvchi Namunaviy burg‘ulash-portlatish ishlari loyihasi ega bo‘lishi va portlatish ishlarini bajaruvchi xodimlar unga imzo chekib tanishishlari kerak. Portlatish ishlarini olib borishda portlovchi moddalar, portlatish ishlari mexanizatsiya vositalari, jihoz, qurilma, asbob va apparaturalaridan faqat standartlar (texnik shartlari) ega bo‘lgan va Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi ruxsatnomasiga boriga ruxsat etiladi.
Portlatish ishlari yozma topshiriq (naryad) va tegishli yozma topshiriq (naryad)-yo‘l varag‘i bo‘yicha muhandis-texnik xodim rahbarligida portlatuvchilar tomonidan bajarilishi va faqat ishlar xavfsizligi bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalar talablariga javob beradigan joylarda o‘tkazilishi kerak. Ekstremal vaziyatlarda (avariyani oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda) yozma topshiriq (naryad) bo‘lmasa ham portlatish ishlari bajarishga ruxsat etiladi.Portlovchi moddalarni omborlardan karyerdagi ish joyiga yetkazish, korxona rahbari (portlatish ishlari rahbari) tomonidan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha bajarilishi kerak. Bloklardagi portlovchi moddalar va zaryadlangan quduqlarni qo‘riqlash xizmati yoki yo‘riqdan o‘tgan ishchilar tomonidan qo‘riqlanishi, qorong‘i paytda albatta yoritilishi shart. Bloklardagi portlovchi moddalar va zaryadlangan quduqlar qo‘riqlashga topshirish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Odamlar, binolar va inshootlarni jinslar bo‘laklari, seysmik va havo to‘lqinlarining jarohatlovchi va vayron qiluvchi ta’siridan himoya qilish, shuningdek portalatishning zaharli ta’sirini oldini olish uchun, yoppasiga portlatishni tayyorlash va qo‘llashda o‘lchami hisob kitob asosida Namunaviy burg‘ilash-portlatish ishlari loyihasiga binoan aniqlanadigan xavfli hudud obyektlar va portlatish joylari orasiga kiritilishi va rioya etilishi kerak.
Hisob-kitob bilan loyihada aniqlangan xavfli hudud quyidagi hollarda kiritiladi:
a) avvalo zarb beruvchilarni yotqizish bilan elketrodetonatorlardan foydalanib portlatishda;
b) avvalo portlatish tarmog‘ini montaj qilish bilan portlatuv piligidan (portlatuv tasmasidan) foydalanib portlatishda;
v) bevosita montaj qilingan yuza tarmog‘ini birlamchi harakatlantirish manbayiga ulashdan oldin past energetik to‘lqin o‘tkazgichlar bilan harakatlantirish tizimining noelektrik qurilmalarini qo‘llashda.
Xavfli hudud ishga tushirilishidan oldin, uni chegaralariga qo‘riqlashni ta’minlaydigan postlar qo‘yilishi, zaryadlash va portlatish tarmog‘ini montaj qilish bilan band bo‘lmagan kishilar xavfli joydan texnik nazorat shaxsi tomonidan chiqarilishi kerak.
Xavfli hudud chegaralari belgilash va qo‘riqlash postlarini qo‘yish Namunaviy burg‘ilash-portlatish ishlari loyihasiga binoan aniqlangan bo‘lishi lozim.
Karyerlarda yoppasiga portlatishni tayyorlashda xavfli hududdan tashqari taqiqlangan hudud ham belgilanishi kerak, qaysiki uni chegarasida quduqlarni zaryadlash bilan band bo‘lmagan kishilarning bo‘lishlari taqiqlanadi. Taqiqlangan hududni o‘lchamlari kon-texnik sharoitlar va ishni tashkil etishga bog‘liq ravishda Namunaviy burg‘ulash-portlatish ishlari loyihasiga binoan aniqlangan bo‘lishi kerak. Uzoq vaqt (bir smenadan ortiq muddat bilan) zaryadlashda taqiqlangan chegaralari yaqin joydagi zaryaddan kamida 20 m uzoq masofada belgilanishi kerak.
Taqiqlangan hudud chegaralarini belgilash Namunaviy burg‘ulash-portlatish ishlari loyihasiga binoan aniqlangan bo‘lishi lozim.Texnik nazorat shaxslari va nazorat qiluvchi organlar xodimlarining xavfli va taqiqlangan hududlarga portlatish ishlari rahbari kuzatuvida va faqat portlatuvchi kutib oladigan post orqali o‘tishlariga ruxsat etiladi. Portlatish ishlarini olib borishda odamlarni ogohlantirish uchun tovushli, bundan tashqari qorong‘i paytlarda nurli signalni ham berish zarur.Tovushli singallar xavfli hudud chegaralarida yaxshi eshitiladigan bo‘lishi kerak.Signallarni uzatish va tayinlash usullari portlatish ishlarini o‘tkazish vaqti majburiy ijro etish chorlarini ko‘rsatish bilan karyerning barcha tuzilmaviy bo‘linmalari xodimlari, portlatish ishlari ta’sir etadigan hududdagi korxonalar va tashkilotlar e’tiboriga yetkazilishi kerak. Bunday hollarda odamlarni xavfli hududdan chiqarish yuzasidan mas’uliyat karyerning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Portlatish o‘tkazish vaqti haqidagi xabarni berish va odamlarni xavfli hududdan chiqarish haqidagi tasdiqni olish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Odamlarni xavfli hududdan chiqarish haqidagi tasdiqni olmasdan portlatish ishlari rahbariga portlatishni bajarish taqiqlanadi.
Odamlarni karyerga kirishi uchun ruxsat yoppasiga portlatish bajarilganidan keyin, portalatish zaharli mahsulotlari konsentratsiyasining belgilangan meyorgacha pasayishi haqidagi HKQQ xabarini olinganidan keyin, ammo portlatishdan keyin kamida 30 daqiqa o‘tganidan so‘ng, karyerda chang bulutlari tarqalishi va ko‘rish to‘liq tiklanganidan keyin, portlatish joyiga esa bevosita portlatish ishlari yuzasidan rahbarlikni amalga oshirgan muhandis-texnik xodim, yoki uni farmoyishi bilan portlatuvchi tomonidan portlatish joyida ishlash xavfsiz ekanligi aniqlanganidan keyin beriladi. Portlashning gazsimon mahsulotlari bilan ifloslanish darajasini nazorat qilish uchun HKQQ ni jalb qilish zaruriyati korxona rahbari tomonidan belgilanadi.

Download 28.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling