Konchilik ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari


Download 28.04 Kb.
bet1/4
Sana18.02.2023
Hajmi28.04 Kb.
#1209643
  1   2   3   4
Bog'liq
Geotexnologiya MI


Reja:
1. Burg‘ulash ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari
2. Portlatish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari
3. Qazish- yuklash ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari
4. Xulosa

Konchilik ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari
Transheyalar o‘tkazish, pog‘onalarni qazish, uyumlarni to‘kish va shu kabi konchilik ishlari, shuningdek yuklash punktlaridagi ishlar, korxona (karyer) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan, jihozlar joylashishini, ishlarni bajarish tartibini, xavfsizlik choralarini, ish maydonchalari, pog‘ona va uyumning ruxsat etilgan o‘lchamlarini, shuningdek pog‘ona va uyumning yuqori hamda pastki chetiga nisbatan jihozning masofasini belgilaydigan pasportga muvofiq ravishda olib borilishi kerak. Pasportlar konchilik mashinalarida va karyer ma’muriyatida bo‘lishi kerak. Ishlar ijrochilari va rahbarlari Pasport bilan imzo chekib tanishtirilishi kerak. Tasdiqlanmagan pasportlar bilan yoki undan chetlangan holda konchilik ishlarini olib borish taqiqlanadi.
Pasportda ko‘zda tutilmagan vaziyatlar paydo bo‘lganda, ish to‘xtalishi kerak va ishlar rahbari tomonidan ishni xavfsiz bajarish tartibi va choralari to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan keyin ishlarni boshlash mumkin. Vaziyat yana takrorlangan taqdirda pasportga qo‘shimcha va o‘zgatirishlar kiritilishi kerak.
Pog‘ona va uyumdagi qulash prizmasining o‘lchami karyerni marksheyderlik xizmati xodimlari tomonidan belgilanadi va konchilik ishlari uchun pasport va loyihalar ishlab chiqish bilan band bo‘lgan mutaxassislar hamda karyerdagi konchilik ishlari rahbarlari e’tiboriga doimo yetkazilishi kerak.
Pog‘onalar, karyer bortlar va uyumlarning konstruksiyalari loyiha bilan aniqlanadi va zarur bo‘lganda jinslarning fizik-mexanik xossalarini o‘rganish va marksheyderlik kuzatuvlar natijasi ma’lumotlariga ko‘ra foydalanish jarayonida to‘g‘rilanishi kerak.
Pog‘onalar hisobdan chiqarilganda karyer bortining loyiha bilan belgilangan umumiy qiyalik burchagiga rioya etilishi lozim.
Saqlagich supachalar gorizontal yoki karyer borti tomoniga qarab qiya holatda bo‘lishi va jins bo‘laklari hamda begona predmetlardan doimo tozalanishi kerak. Konchilik ishlari rejasiga ko‘ra supachalar bo‘ylab ishchilar harakatlansa, ularda to‘siqlar bo‘lishi kerak. Saqlagich supachalarning eni, ularni mexanizatsiyaviy tozalash imkoni ta’minlanishi kerak. Loyihaga muvofiq ravishda bo‘ylama nishabli qiya supachalar, shu jumladan transport supachalari bilan qo‘shilganlarini qo‘llashga ruxsat etiladi. Vaqtincha ishlatilmaydigan karyer bortlarini shakllantirish va ularda konchilik ishlarini qaytadan boshlash tartibi loyihada ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.

Download 28.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling