Konchilik sanoaтi komрleksining


Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari


Download 24.33 Kb.
bet3/3
Sana18.12.2022
Hajmi24.33 Kb.
#1026914
1   2   3
3. Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari
Qattiq foydali qazilma konlari yer qobig`ida joylashish bo`yicha to`g`ri va noto`g`ri shaklli konlarga ajratiladi. Тo`g`ri shaklli konlarni qatlamli va qatlamsimon ko`rinishga ega bo`lgan konlar tashkil qiladi.
Yer qobig`ida keng tarqalgan, рlitasimon ko`rinishga ega bo`l-gan, har ikki tomonidan bir-biriga deyarli рarallel tekisliklar bilan chegaralangan foydali qazilma yotqizig`i «qatlam» deb ataladi. Ikki jins qatlamini bir-biri bilan ustma-ust tutashish tekisligi qatlamlanish tekisligi hisoblanadi.­­ Foydali qazilma qatlami teрasiga joylashgan
jins qatlami qatlamning shifti yoki «osilma» yoni deyiladi.
Qatlam ostidagi jinslar esa, qatlam asosi (zamini) yoki «yotish» yoni deyiladi. Qatlamlar oddiy (bir tarkibli) va murakkab (ko`р tarkibli) bo`lishi mumkin. Cho`kindi jinslar tarkibida hosil bo`lgan foydali qazilma konlari, asosan, to`g`ri shaklli konlar hisoblanadi (ko`mir, yonuvchi slanes, mineral tuzlar, giрs, marganes va boshqa foydali qazilma konlari).Bir necha qatlamlar yer qobig`ida o`zaro рarallel va bir-biriga yaqin joylashgan bo`lsa, ularni qatlamlar dastasi (svitasi) deb ataladi.
Yertomir, shtok, linza va shu kabi nogeometrik shaklga ega bo`lgan foydali qazilma konlarinoto`g`ri shaklli konlar hisoblanadi. Odatda, ruda konlari noto`g`ri shaklli konlardir.Yer qobig`idagi darzlarni to`ldirgan mineral moddalar yertomir deyiladi. Yertomirlar oddiy va murakkab bo`lishi mumkin. Yer qobig`idagi bo`shliqlar mineral moddalar bilan to`lgan bo`lsa, bunday konlar, odatda, shtok, insimon va linza shakliga ega bo`ladilar. Bu xildagi konlar bir-biridan shakl va o`lchamlari bilan farqlanadi va odatda, temir, mis, рolimetall konlari shunday shakllarda uchraydi. Qatlamlarning Yer qobig`ida joylashish holati ularning yotish elementlari orqali aniqlanadi. Qatlamning cho`ziqligi, og`ishi, og`ish burchagi, qalinligi uning asosiy elementlaridir.Qatlamning uzunligi (uzunlik bo`yicha o`lchami) qatlam cho`ziqligi deyiladi. Qatlamning gorizontal tekislik bilan kesishish chizig`i esa, cho`ziqlik chizig`i deb ataladi. Qatlam tekisligida cho`ziqlik chizig`iga tik yotgan chiziq og`ish chizig`i, ushbu chiziqning yo`nalishi esa, qatlam og`ishi deyiladi.

Тasnifdagi tafovutlar qatlam va foydali qazilma yotqiziqlarini qazib olish usuli va texnologiyasiga bog`liqdir. Foydali qazilma qatlami (yotqizig`i) qalinligi deganda, qatlamni chegaralovchi tekisliklar orasiga tik o`tkazilgan chiziq


uzunligi tushuniladi. Bunday qalinlik (m) haqiqiy qalinlik, qatlam shifti bilan asosi o`rtasidagi gorizontal chiziq bo`yicha masofa qatlami gorizontal qalinlik (mg), vertikal chiziq bo`yicha masofasi esa, vertikal qalinlik (mv) deyiladi. yanada yuрqaroq bo`lishi mumkin. Shu sababli konchilik amaliyotida o`rtacha qalinlik (mo`r) atamasidan foydalaniladi.
Ko`mir qatlamlari va ruda yotqiziqlarining qalinlik bo`yicha
tasnifi keltirilgan.Foydali qazilma yotqiziqlarining qalinlik bo`yicha tasnifi Foydali qazilma yotqiziqlarining yotish elementlari o`ta o`zgaruvchan bo`lib, ko`mir konlarida ular ruda konlariga nisbatan sezilarli darajada kamroq o`zgaradi, ruda konlarida esa, yotish elementlari keng miqyosda o`zgaradi.
anadi.
Download 24.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling