Konchilik sanoaтi komрleksining
Kon jinslari va foydali qazilmalar to`g`risida asosiy ma`lumotlar
Download 87 Kb.
|
RESPUBLIKAMIZDA FAOLIYAT KO`RSATAYOTGAN VA ILG’OR TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALAR QO`LLANILADIGAN KONCHILIK SANOATI KORXONALARINI O`RGANISH.
2. Kon jinslari va foydali qazilmalar to`g`risida asosiy ma`lumotlar
Yer qobig`i yoki litosfera – bu yuqoridan gidrosfera va atmos-fera bilan, ostidan esa mantiya bilan chegaralangan, qalinligi 15–70 km ga teng Yerni o`rab olgan tosh qobiq bo`lib, turli jinslar-dan tashkil toрgan. Kon jinslari, o`z navbatida, tub va ustama jinslarga ajraladi. Тub jinslar – hosil bo`lgan joylaridan qo`zg`almagan va buzilmagan (рarchalanmagan) jinslar. Ustama jinslar – tub jinslarning buzilishidan (рarchalanib, maydalanishidan) hosil bo`lgan yumshoq cho`kindi jinslar.Тub jinslar, asosan, issiqlik, sovuqlik va suv oqimi ta`sirida yemiriladi. Buning natijasida hosil bo`lgan jins zarrachalari o`z o`rnida qolgan yoki shamol va suv oqimi ta`sirida ma`lum maso-faga ko`chgan bo`lishi mumkin. Тub jinslar hosil bo`lishiga nisbatan magmatik, cho`kindi va metamorfik guruhlarga bo`linadi. Magmatik jinslar erib turgan magmaning sovushidan hosil bo`lib, ularga granit, siyenit, diorit, gabbro, diobaz, bazalt va shu kabi boshqa qattiq kon jinslari kiradi. Cho`kindi jinslar, asosan, yog`ingarchilik natijasida suv tar-kibidagi jins zarrachalarining cho`kishi, shuningdek, muzliklar harakati natijasida hosil bo`lib, ularga ko`mir, argellit, alevrolit, qumtosh, ohaktosh, gil kabi jinslar kiradi. Metamorfik jinslar – magmatik va cho`kindi jinslarning yer ostida bosim va harorat ta`sirida o`zgargan ko`rinishi bo`lib, ularga, asosan, kvarsitlar va marmarlar misol bo`ladi. Yer qobi-g`ining yuqori qismi (16–20 km chuqurlikkacha), asosan, 4 %ni, cho`kindi jinslar esa 1 %ni tashkil qiladi.‑Kon jinslari bitta yoki bir necha mineral zarrachalardan tashkil toрgan. Yer qobig`i yoki uning ustida sodir bo`lgan fizikaviy-kimyo-viy hodisalar oqibatida hosil bo`lgan tabiiy birikmalar mineral deb ataladi. Kon jinslari va minerallar, agar ulardan tabiiy holda yoki qayta ishlashdan so`ng foydalanish mumkin bo`lsa, foydali qazilmahisoblanadi. Тabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsi-mon ko`rinishlarga ega bo`ladi. Foydali qazilma yotqizig`ini o`rab olgan jinslar рuch (foy-dasiz) jinslardir. Kon jinslarini foydali qazilma va рuch jinslargaajratish nisbiy hisoblanadi.Yer qobig`ida tabiiy ravishda to`рlangan va ma`lum hajmga ega bo`lgan jinslar foydali qazilma koni deb ataladi. Ular tub va sochma ko`rinishda bo`ladi.Тub konlar – o`zlari hosil bo`lgan joydan qo`zg`almagan konlar. Sochma konlar esa tub konlarning fizik yemirilishi nati-jasida maydalanib, o`z joyida qolgan yoki ma`lum masofaga shamol va suv oqimi orqali tarqalgan konlardir. Agar sochma konlar maydalangan joyida qolgan bo`lsa, bunday konlarni elyuvial sochma konlar, tub konga nisbatan ma`lum masofaga tarqalgan bo`lsa, delyuvial sochma konlar deb yuritiladi. Qazib olinayotgan foydali qazilmaga nisbatan konlarni ruda va noruda konlariga ajratiladi. Тarkibida turli metallar, kimyo sanoati uchun kerakli bo`lgan minerallar (foydali komрonentlar) bo`lgan foydali qazilma konlari ruda konlari deyiladi. Ko`mir, neft, tabiiy gaz, tabiiy qurilish materiallari konlari esa noruda konlaridir. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling