η=5 – xomutlar vertikal bo’lgan taqdirda;
η=10 – xomutlar 45° burchak ostida qiya bo’lgan taqdirda;
p1 – armatura va beton elastiklik modullarining nisbati;
Asω – bir tekislikda joylashgan xomutlar kesimining yuzasi;
Sω – xomutlar aro masofa;
Rb – betonning siqilishdagi hisobiy qarshiligi, MPa .
Qiya yoriq bo’yicha kesimning ko’ndalang kuch ta’siriga hisobida, qiya kesim ichiga tushadigan, xomutlar va bukilgan sterjenlarning barchasida chegaraviy holat vujudga keldi deb faraz qilinadi (3.10-rasm). Тegishli mustahkamlik sharti quyidagi ko’rinishga ega:
(3.12)
bunda Q – qaralayotgan kesimdan bir tarafda joylashgan, tashqi yukdan sodir bo’lgan ko’ndalang kuchning maksimal qiymati;
ΣRSAsi sin a va ΣRSAsw – kesim proyeksiyasi s uzunligida kesib o’tayotgan barcha armatura chegaraviy zo’riqishlarining proyeksiyalari yig’indisi;
Qb – qiya kesim uchi ustidagi siqilgan zona betoniga uzatilayotgan, quyidagi formula bo’yicha aniqlanadigan ko’ndalang kuch:
(3.13)
bunda Rbt – betonning o’q bo’ylab cho’zilishidagi hisobiy qarshiligi.
Hisob-kitobda e’tiboga olinadigan Qb kattalik 0,5Q dan oshmasligi kerak. Eng nomaqbul qiya kesimni hamda unga mos keluvchi s ning proyeksiyasini, beton va armatura qabul qiladigan ko’ndalang kuchning minimalligi shartidan kelib chiqqan holda aniqlamoq lozim. Buni taqqoslama hisoblov yo’li bilan yoki quyidagi formula bo’yicha amalga oshirish mumkin:
(3.14)
bunda qω – xomutlardagi, elementning uzunlik birligiga to’g’ri keluvchi chegaraviy zo’riqish.
Ushbu zo’riqish quyidagi formulaga ko’ra aniqlanadi:
(3.15)
bunda Sω – xomutlar aro masofa.
Qiya kesimni eguvchi moment bo’yicha hisoblashda chegeraviy moment siqilgan zonaning markaziga nisbatan hisoblanadi (3.10-rasm). Mustahkamlik sharti quyidagi ko’rinishga ega:
(3.16)
bunda m – kesimning siqilgan uchidan bir tarafda joylashgan hisobiy yuklardan sodir bo’lgan moment;
Do'stlaringiz bilan baham: |