Mg va M – doimiy va vaqtincha yuklardan sodir bo’lgan eguvchi momentlar.
Kesim neytral o’qining holati (siqilgan zonaning x' balandligi) ushbu o’qqa nisbatan statik momentning nolga tengligi shartidan kelib chiqib aniqlanadi. Ushbu tenglikdan olingan kvadrat tenglamani yechish natijasida siqilgan zonaning balandligi
(3.20)
bu yerda
(3.21)
(3.22)
Тemirbeton kesimning keltirilgan inersiya momenti
(3.23)
Тo’g’riburchakli kesimlar uchun yoki x'f bo’lgan hollarda (3.20)–(3.22) formulalarda b'f=b qabul qilinadi.
Yoriqbardoshlilikka hisoblash. Zo’riqtirilmaydigan armaturali temirbeton to’sinlar yoriqbardoshlilik bo’yicha 3v toifani qoniqtirishi kerak.
Ushbu holatda quyidagi shartga rioya qilinsagina yoriqbardoshlik ta’minlanadi:
(3.24)
bu yerda acr – yoriqning yuk ostidagi hisobiy kengligi;
∆cr – yoriqning chegaraviy kengligi, temir yo’l ko’priklari oraliq qurilmalari uchun 0,02 sm ga teng qabul qilinadi.
Umumiy holatdagi yoriqlarning ochilish kengligi yoriqlar aro uchastkadagi elementning armaturasini cho’ziltirib aniqlanishi mumkin (3.12, a-rasm). Guk qonuni asosida quyidagini yozish mumkin:
(3.25)
3.12-rasm. Тo’sinni yoriqlarning ochilishiga hisoblash uchun sxemlar:
a – yoriqlarning joylashishi; b – qiya kesimlar; v – o’zaro hamta’sir yuzasi
bu yerda ts – yoriqlar aro uchastkadagi beton va armaturaning tishlashishini e’tiborga oladigan koeffitsiyent;
σs – cho’zilgan armaturadagi kuchlanish;
Es – armaturaning elastiklik moduli;
Do'stlaringiz bilan baham: |