Ko'ndalang kuch Ballast koritasi plitasidagi zo’riqishlarni aniqlash


Download 0.54 Mb.
bet12/20
Sana27.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1129911
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
KO\'NDALANG KUCH VA BO\'YLAMA KUCH TA\'SIRIGA HISOBLASH

1red keltirilgan inersiya momenti;
x' – (3.20) formula bo’yicha siqilgan zonaning balandligi;
Rbi,mc2 – betonning o’q bo’ylab siqilishdagi qarshiligi.
Ballast koritasi plitasi ham mustahkamlikka, chidamlilikka, yoriqbardoshlilikka hisoblanadi. Kengligi 100 sm bo’lgan to’g’ri burchakli kesim ko’rib chiqilgan bo’lib, u tavrli kesimning xususiy holi kabi keltiriladi.
Oraliq qurilmalarning salqiligi qurilish mexanikasining uslublari bo’yicha hisoblanadi, chunonchi vaqtinchalik yuklar ta’sirida kesimlarning bikrligi yoriqlarning vujudga kelishi, hamda doimiy yuklar ta’sirida yoriqlarning vujudga kelishi va betonning salqiligini e’tiborga olib aniqlanmog’i lozim. Kesimlarning bikrligini aniqlashning tegishli metodikasi QMQ 2.05.03-98 da berilgan.
Oraliq qurilmalarning xarakatlanuvchi vaqtinchalik yuk ta’siri ostida (γf=1 va 1+μ=1 bo’lganda) hisoblab topilgan vertikal salqiliklari temir yo’l ko’priklari uchun (1/(800-1,25l))·l va 1/600 kattaliklardan oshmasligi kerak. Хarakatlanuvchi sostavning harakatlanish ravonligiga faqat xarakatlanuvchi yuk ostida salqilikni cheklabgina emas, balki oraliq qurilmalarda qurilish ko’tariluvini yaratib ham erishish mumkin. Qurilish ko’tariluvi, ko’tarilish balandligi, doimiy yukdan sodir bo’lgan deformatsiyalarni e’tiborga olib bo’lingach, xarakatlanuvchi vaqtincha yuk ta’siridan kelib chiqqan elastik salqilikning 40% idan iborat bo’lgan, tekis-ravon egriligi bo’ylab bajariladi.
Zo’riqtirilgan armaturali egiluvchi temirbeton elementlarning hisobi
Zo’riqtirilgan armaturaga ega bo’lgan to’sinli oraliq qurilmalarda talab qilinuvchi yoriqbardoshlilikka rioya qilingan holda tejamkor konstruksiyalarni olishni ta’minlaydigan oqilona kuchlanishli holat yaratiladi. Oldindan zo’riqtirishni yaratishda ikkita asosiy usul qo’llaniladi: armaturani betonga yoki tirgaklarga taranglash. Statik jihatdan noaniq tizimlarda zo’riqishlarning, oldindan zo’riqtirish, shuningdek betonning kirishishi va salqiligi, hamda sun’iy tartiblanuvini keltirib chiqaradigan qayta taqsimlanishini e’tiborga olmoq zarur. Ko’rilayotgan konstruksiyalarning o’ziga xos xususiyatiga shuningdek siqilgan zonadagi Ar zo’riqtirilgan armaturaning mavjudligi kiradi. Bunday armatura o’rnatilishining zaruriyati cho’zilgan zonada armaturani taranglab tortilganida siqilgan zonaning yoriqbardoshligi talablariga ko’ra belgilanadi. Undan tashqari, montaj jarayonida to’sinlarni stropovkalash jarayonida tepa zonada to’sinning xususiy og’irligidan tepadagi armaturani taranglash vositasida neytrallashtirish zarur bo’lgan cho’zuvchi kuchlanishlar paydo bo’lishi mumkin.
Тavrli, qo’shtavrli va qutisimon kesimli oldindan zo’riqtirilgan to’sinlarni mustahkamlikka hisobi oddiy armaturali to’sinlarning hisobidagi kabi asoslanadi. Sinish bosqichida cho’zilgan zonadagi siqilish saqlanib qolmaydi, ushbu zonada yoriqlar rivojlanishi mumkin.
Zo’riqtirilgan asosiy armaturaning tahminiy yuzasini aniqlanib, so’ngra zo’riqtiriladigan armaturaning turi, hamda uning joylanishi aniqlanadi.
Normal kesimlarni eguvchi moment bo’yicha mustahkamlikka hisoblash siqilgan zonaning balandligini aniqlashdan boshlanadi. Zo’riqtirilgan va zo’riqtirilmagan armaturaning ham cho’zilgan, ham siqilgan zonada mavjud bo’lgan umumiyroq holatida siqilgan zonaning balandligi (3.13-rasm)

(3.33)
Zo’riqtirilgan armaturali kesimning mustahkamligi quyidagi shartdan kelib chiqib aniqlanadi:

(3.34)


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling