Konditsioner yoki muzlatgich haqida Konditsioner


Download 270.02 Kb.
Sana03.04.2023
Hajmi270.02 Kb.
#1323144
Bog'liq
Konditsioner yoki muzlatgich haqida


Konditsioner yoki muzlatgich haqida
Konditsioner - 1) havoni mo’tadillash agregati; ventilyator, havoni isitkich,
havoni sovitkich va havo filtrlaridan iborat. Mustaqil, nomustaqil va yetkazib beruvchi konditsioner, markaziy (obʼyektdan uzoqroqqa oʻrnatiladi), mahalliy (obʼyektning oʻziga yoki uning yaqiniga oʻrnatiladi) turlari bor.
Mustaqil konditsionerda sovitish mashinasi yoki sovitishmashinasi va Elektr havo isitkichi boʻladi, bulardan tashqari elektr dvigatelli sovitish kompressorlari, bugʻlatkich-havo sovitkich, kondensator, havo filtri, elektr dvigatelli ventilyatorlar, sovitish mashinasi ishini avtomatik rostlash, xona ichidagi havoni bir meʼyorda avtomatik toʻtib turish asboblari bor. Nomustaqil konditsionerda sovuq, va issiq havo tashqi manbadan keladi.
Yetkazib beruvchi konditsionerda havo markaziy konditsionerdan berilib, sovuq va issiq (sovuq va issiq suv) tashqi manbadan beriladi; uning ventilyatorli va ejektorli turlari bor. Suvni bugʻlatib havosovitiladigan bugʻlatkichli konditsioner ham ishlab chiqariladi.
Mustaqil konditsionerning ish unumdorligi soatiga 450—16000 m3, nomustaqilniki — 1500—500000 m3 havo. konditsioner turar joy, jamoat, sanoat va qishloq xoʻjaligi binolari, vagonlar, samolyotlar va boshqalarda qoʻllaniladi; 2) donlarga gidrotermal ishlov beradigan apparat; bunda un mayin tortiladi va sifati yaxshilanadi.
Kolonna kondisionerlar split-tizimlarning alohida bir turi. Ular kuchliroq quvvat bilan farqlanadi lekin asosiy farqi bu ularning ơrnatish usulidir. Boshqa turlaridan farqli ravishda ichki blokni montaj qilishni talab etilmaydi. U polga yoki taglikka ơrnatiladi va freon trassasi va drenaj ulanadi. Tashqi kơrinishidan bunday kondisionerlar balandligi tahminan ikki metrli kolonnaga ơxshaydi, shuning uchun ham shunday nom olishgan.
Kolonna turidagi kondisionerlar ichki bloki kompressordan, ventilyatordan va mikroprosessordan iborat. Kolonna turidagi kondisionerlar kompressorlari modulyasiya imkoniyati bilan (quvvatni ơzgartirish) farq qilishi mumkin. Ular modulyasiyaga ega bơlmasligi mumkin – noinventor split-tizimlar, ravon modulyasiyaga ega bơlishi mumkin – invertor kondisionerlar, eki poğonali modulyasiyaga ega bơlishi mumkin.
Kompressor xladagentni tashqi blokdan suyuq holda ichki blokka beradi, u erda xladagent buğlanada va buğlanish choğida issiqlikni singdiradi. Ichki blok ventilyatori issiqlik almashtirgichni shamollatadi, issiqlik almashtirgich issiqlikni singdiradi va sovutilgan havo chiqaradi. Keyin issiq freon tashqi blokka yuboriladi, u yerda freon qaytadan suyuq holatga kondensasiyalanadi, bunda ajraladigan issiqlik tashqi muhitga tarqaladi.
Shundan sơng sikl takrorlanadi. Sovuq ishlab chiqarilmaganligi sababli, issiqlik bir joydan ikkinchi joyga kơchirilganligi uchun standart kondisioner elektr energiyasi sarf qilganidan kơra uch marotaba kơproq issiqlik yoki sovuqni ajratadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 270.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling