Konditsionerni sinash
Download 480.29 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumot
2 - LABORATORIYA ISHI Mavzu: “Konditsionerni sinash ” Ishning maqsadi. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida havo va har xil ob’ektlar orasida issiqlik-massa almashinuvi amalga oshadi. Ushbu jaraѐnlarni amaliy o‘rganish, uzatilaѐtgan issiqlik va namlikni tajribada o‘rganish, hisoblashlar o‘tkazish, o‘lchov asboblarini ishlatishni bilishda BK1500 konditsionerning tuzilishini, ishlash prinsipini, sinov o‘tkazish usullarini o‘rganish va konditsionerdan foydalanish ko‘rsatkichlarini Vt/m 2K) 31 aniqlash maqsadga muvofiq. Tajriba ishi bo‘yicha qilinadigan ishlar 1. BK-1500 konditsionerning tuzilishini, asosiy qismlarining va agregatlarining qo‘llanilishi va ishlashini o‘rganish. 2. Psixrometr, anemometr, gigrometr, termometrlar asboblaridan amalda foydalanish. 3. Konditsionerdan foydalanishning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash. 4. Konditsionerning ish jaraѐnini Hd – diagrammada tasvirlash. 5. Tajriba ishidan olingan ko‘rsatkichlar asosida hisobot tayѐrlash. Umumiy ma’lumot Konditsioner - avtomatik tarzida ishlaydigan qurilma bo‘lib, xonada ma’lum ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mikroiqlimni hosil qilish va uni saqlab turish uchun ishlatiladi. Rasm-1 da xona havosining konditsionerlanish jaraѐni tasvirlangan. Xonadan konditsionerga kiraѐtgan havoning holati Hd – diagrammada nuqta 1 bilan tasvirlangan (Rasm-1), bu nuqta temperatura ich t va nisbiy namlik ich chiziqlarining kesishgan joyida ѐtadi. Laboratoriya qurilmasi Rasm 2 da konditsionerning umumiy ko‘rinishi keltirilgan bo‘lib, ventilatorlar joylashishi, sovutish agregati, ichki va tashqi havoning harakatlari ko‘rsatilgan. Konditsionerning qismlarini tutashtiruvchi tugunlari uning asosiga payvandlangan. Asosga payvand qilingan ajratish devori konditsionerni ikkita birbiridan germetik izolyatsiyalangan qismlarga ajratadi (tashqi va ichki). Ajratish devorida tirqish bo‘lib, u darcha bilan ochib-ѐpib turiladi va shu ѐrdamida tashqi havoning xonaga 15% gacha kirishini boshqarib turadi. Konditsionerning asosiy tugun qismlari quyidagilar: – sovutish agregati: kompressor, kondensator, kapillyar quvur, tozalagichquritgich, bug‘latgich va kengaytirgich; – ikki xil aylantirish tezligiga ega bo‘lgan elektr dvigateliga ikki tomonidan o‘q va markazdan qochma ventilatorlar o‘rnatilgan; – ishga tushirishda himoyalovchi qurilmali boshqarish taxtasi bor. Sovitish sistemasi agregati xonaning havosidan (resirkulyatsiya havosi) issiqlikni olib, tashqi atmosfera havosiga berish funksiyasini bajaradi. O‘q ventilator tashqi havoni kondensator orqali haydab, uni sovutadi. Markazdan qochma ventilator konditsionerning ichki qismida joylashgan bo‘lib, xona havosini old deraza, havo tozalagich va bug‘latkich orqali haydab, sovigan va changdan tozalangan havoni boshqariladigan tirqish orqali xonaga haydash uchun xizmat qiladi. Ventilatorlar elektr dvigateli kompressor ishga tushganda ishlaydi, biroq sovutish tizimining harakatini to‘xtatib qo‘yib ham ishlatish mumkin. Ishga tushirishda himoyalovchi qurilmali boshqarish taxtasi konditsionerni ishga tushirish, to‘xtatish va uning ishini boshqarish uchun, honada istalgan haroratni hosil qilish va uni ushlab turish uchun, hamda kompressor dvigatelini ortiqcha yukdan himoya qilish uchun xizmat qiladi. Konditsionerning ish tartibini tekshirib turish uchun ichki va tashqi havo oqimi yo‘llariga o‘rnatilgan termometrlardan harorat( ich k t k t ch t t t t . . , , , ) larni ѐzib olinadi, nisbiy namlik( ich k t.ch , , ) esa psixrometr ѐrdamida aniqlanadi, havo sarfini ( Qich Qt , . ) ni anemometr bilan o‘lchanadi. Konditsionerdan foydalanish ish tartibini modellashtirish maqsadida kuzatuv yo‘li bilan tekshirish uchun foydalanish paytida u har tomonlama oynalangan g‘ilofga joylashtirilgan bo‘lib, tajriba o‘lchovlari o‘tkazish paytida kuzatuv uchun qulaylik tug‘diradi. Xona havosidan konditsionerga issiqlik k yutilishi natijasida xona havosining entalpiyasi (1kg quruq havoga to‘g‘ri keladigan issiqlik miqdori, kJ/kg) ich h dan hk gacha kamayadi, havoning namlik saqlash hususiyati (1kg quruq havoga to‘g‘ri keladigan suv bug‘lari miqdori, g/kg) ich d dan dk gacha kamayadi, temperaturasi ich t esa t K gacha kamayadi (1-2 jaraѐn). Ichki siklda harakatlanuvchi xona havosidan issiqlik FK ni olish uchun tashqi siklda harakatlanuvchi atmosfera havosiga issiqlik Ft ni berish kerak bo‘ladi, bu jaraѐn rasm-1 da 3 – 4 chizig‘i bilan tasvirlangan. Tashqi (atmosfera) havosining konditsionerga kirish oldidagi holati Hd – diagrammada no‘qta 3 bilan ko‘rsatilgan, bu nuqtada temperatura t.k. t va nisbiy namlik t.k. ga teng Download 480.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling