Konfedenlas ma'lumotlar pdf
IV. Og'zaki konfidensial axborotni muhofazalash
Download 209.31 Kb. Pdf ko'rish
|
konfidensial ma\'lumotlar nizomi
IV. Og'zaki konfidensial axborotni muhofazalash
bo'yicha talab va tavsiyalar 42. Ushbu bo'lim talablari muhofaza qilinayotgan xonalar va ularda joylashtirilgan ATVTlarni loyihalashtirish, qurish, jihozlash, ishlatish barcha bosqichlarida majburiydir. 43. Konfidensial xarakterdagi muzokaralar va tadbirlarni o'tkazishda quyidagilar evaziga chetga chiqib ketishining oldini olish bo'yicha choralar ko'riladi: xona ichidagi va uning tashqarisidagi tovush o'tkazadigan ochiq joylar (teshiklar, derazalar, eshiklar, ventilyatsiya yo'llari, konditsioner tizimi va h.k.) orqali tarqaladigan akustik tebranishlar; ichki jihoz buyumlarida mavjud bo'lgan vibratsion tebranishlari, shuningdek, to'suvchi konstruksiyalar va xonadan tashqariga chiquvchi muhandislik-texnik kommunikatsiyalar orqali tarqaladigan tebranishlar; muhofazalangan xonada o'rnatilgan texnik vositalaridagi akustoelektrik o'zgarishlar (mikrofon effekti) natijasidagi ikkinchi darajali elektromagnit nurlanishlar va navodkalar, shu jumladan, ovoz signal! parazit generatsiyasi nurlanishi, modulyatsiyasi va generatorlar ichiga joylashtirilgan yuqori chastotali signallari modulyatsiyasi; konfidensial ma'lumotlarni qayta ishlovchi vositalar kabel liniyalaridan nazorat hududidan tashqariga chiqadigan elektr uzatish liniyalari elektr signallari; xonalarni to'suvchi yuzasi va ular intereri buyumlarini to'lqinlar optik diapazoni uzunligida tekshirish; umumiy foydalanishdagi aloqa turlari orqali axborot tarmoqlari (shahar telefon tarmog'i, uyali, tranking va peydjing aloqasi, radiotelefon] moslamalariga yashirincha ulanish hisobiga muhofazalangan xonada olib borilayotgan suhbatlarni eshitish; maxsus elektron moslamalaridan modulyatsiya qilingan axborot signal! natijasidagi radionurlanish va elektr signallar yordamida og'zaki axborotni yo'lda tutib olish. 44. Zarurat bo'lganda, muhofazalanayotgan xona va unda o'rnatilgan jihozlar axborotni eshitish va olish elektr moslamalari o'rnatilishi ehtimolini aniqlash maqsadida yozma murojaatga asosan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiya qilishni tashkil etish tizimi sohasidagi vakolatli organ tomonidan maxsus tekshiruv o'tkaziladi. 45. Konfidensial tadbirlar o'tkazilayotgan vaqtda muhofaza qilinadigan xonalarda radiotelefon, uyali, peydjing va franking aloqalar moslamalari, audio va videoyozuv vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. 46. Elektr akustik o'zgarishlar hisobiga axborot chiqib ketishiga yo'l qo'ymaslik uchun muhofaza qilinayotgan xonalarda to'g'ridan-to'g'ri nazorat qilinadigan hududdan tashqarida joylashgan avtomatlashtirilgan telefon stansiyasiga chiqishi bo'lgan telefon aloqasi moslamalarini axborotni muhofazalash vositalari bilan jihozlash tavsiya etiladi. 47. Muhofazalanadigan xonalar yong'indan saqlash va qo'riqlash signalizatsiyasi tizimlari axborotni sim orqali jamlash sxemasi asosida quriladi va qoida tariqasida muhofaza qilinayotgan xonalar nazorat qilinadigan hudud chegarasida joylashtiriladi. 48. Muhofazalanayotgan xonalarni to'suvchi qurilmalar, ularning ventilyatsiya va konditsioner tizimlarining tovush izolyatsiyasi, ularda olib borilayotgan suhbatlarni tashqaridan eshitishga imkoniyat bermasligi ta'minlanadi. Xonalarning zarur darajadagi ovoz izolyatsiyasini ta'minlash maqsadida eshik o'rnatilgan joylarni ikki qavatli eshik tamburlar bilan jihozlash, derazalarga qo'shimcha romlar o'rnatish, eshik va deraza oralarida zichlashtirilgan qistirmalar va ventilyatsiya yo'llari chiqishida shovqinyutgichlarni qo'llash tavsiya etiladi. Yuqorida tavsiya etilgan usullar bilan zarur akustik himoyani ta'minlash imkoniyati bo'lmagan taqdirda tashkiliy-rejim choralari ko'riladi. Bunda konfidensial xarakterdagi muzokaralar olib borish va tadbirlar vaqtida muhofaza qilinayotgan xonalarda olib borilayotgan suhbatlarni eshitish mumkin bo'lgan joylar yaqinida begona shaxslarning bo'lishi yoxud kirishi cheklanadi. 49. Vibroakustik yo'llar bilan axborotni tutib olish ehtimolini kamaytirish uchun tashkiliy-rejim choralari bilan muhofaza qilinayotgan xonalarni to'suvchi konstruksiyalar va ulardan chiquvchi muhandislik-kommunikatsiya vositalari (isitish, ventilyatsiya, konditsioner, suv bilan ta’minlash tizimlari) tashqari tomonida begona (shtatdan tashqari) jihoz, uskuna, predmetlar o'rnatishga yo'l qo'yilmaydi. Vibroakustik signal darajasini kamaytirish uchun muhofaza qilinayotgan xonalar isitish, ventilyatsiya tizimlari muhandislik-texnik qismlarini tovush o'tkazmaydigan ekranlar bilan jihozlash tavsiya etiladi. 50. Agar akustik va vibroakustik yo'llar bilan axborotni chiqib ketishdan muhofazalash yuqorida qayd etilgan choralari yetarli yoki maqsadga muvofiq bo'lmasa, faol akustik yoki vibroakustik maskirovka qiladigan shovqindan foydalanish usulini qo'llaniladi. 51. Muhofaza qilinayotgan xonalardan foydalanishda xonaga ruxsatsiz kirishga yo'l qo'ymaydigan tashkiliy-rejim choralarini ko'zda tutish lozim: tadbirlar oralig'ida, shuningdek, ishdan tashqari vaqtlarda muhofaza qilinayotgan xonalar eshiklari kalit bilan qulflanishi zarur; muhofaza qilinayotgan xona kalitlari faqat unda ishlaydigan yoki shu xona uchun mas’ul bo'lgan shaxslarga berilishi lozim; muhofaza qilinayotgan xonalardagi jihozlarni o'rnatish, ta'mirlash va almashtirish faqat tashkilot xavfsizlik xizmati vakili bilan kelishgan holda uning nazoratida amalga oshiriladi. 52. Og'zaki konfidensial axborotlarni nazorat qilinayotgan hududdan tashqariga uzatishda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq sertifikatsiya qilingan axborotni kriptografik muhofazalash vositasidan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim. Konfidensial xarakterdagi muzokaralarni ochiq radiokanallar orqali, shuningdek, bevosita yoki kommutatsiya yo'li bilan nazorat qilinayotgan hudud tashqarisiga chiqadigan aloqaning sim kabellari bilan olib borish taqiqlanadi. Download 209.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling