Konferensiya abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 0.6 Mb.
|
JDPU Axboror xati (Xalqaro konferensiya)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI AXBOROT XATI
- Barcha maqolalar Google Scholar bazasida indekslanadi!!! Anjuman quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi
- Tashkiliy qo‘mita manzili
“O‘ZBEK FILOLOGIYASINING DOLZARB MASALALARI VA UNI O‘QITISH METODIKASI MUAMMOLARI ” mavzusidagi II an’anaviy ilmiy – amaliy Xalqaro anjuman KONFERENSIYA ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ЖИЗЗАХ -2023 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI AXBOROT XATI O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023- yil 2- maydagi №118–son farmoyishi bilan tasdiqlangan “2023-yilda o’tkazilishi tasdiqlangan Xalqaro va Respublika ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”ga kiritilgan buyrug‘ining 1-ilovasiga muvofiq Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetiida “O‘zbek filologiyasining dolzarb masalalari va uni o‘qitish metodikasi muammolari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy – amaliy anjuman 2023- yil 13-dekabr kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘tkaziladi.Mazkur anjumanda xorijiy va respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan mutaxassis olimlar, shu sohada izlanishlar olib borayotgan doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrantlar va boshqa mutaxassislar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Barcha maqolalar Google Scholar bazasida indekslanadi!!! Anjuman quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi: Umumfilologik tadqiqotlar: talqin va tahlil muammolari. O‘zbek adabiy tanqidchiligi va badiiy mahorat masalalari. Adabiy manbani matniy tadqiq etishning ustuvor vazifalari. O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish uslubiyatida innovatsiyalar. Ta’lim tizimida integratsiyalash usullarini joriy etish. Konferensiyaga taqdim etilayotgan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar va rasmiylashtirish tartibi: - Maqola va tezislar hajmi 3-6 bet. Microsoft Word, Times New Romanda 14 shriftda, 1,5 intervalda, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, yuqori va past tomondan 2 sm qoldirilgan holda yoziladi. Fayl nomlari muallifnining familiyasi bilan nomlanadi. - tezis mavzusi bosh harflarda (14 shriftda) o‘rtaga yozilib, keyingi satrda muallif(lar) ismi-sharifi, ish joyi, ilmiy darajasi va unvoni. Undan 1,5 interval pastda xat boshidan tezis matni yoziladi; - barcha iqtiboslar kvadrat qavsda beriladi [3;112]; -foydalanilgan adabiyotlar tezis yoki maqola oxirida alfavit tartibida keltiriladi; - tezis va maqolalar elektron nusxada topshiriladi; Konferensiya materiallari elektron shaklda 2023-yil 20-noyabrga qadar (+99890) 311-35-55 (Soatova Nodira Isomitdinovna) telefon raqamiga telegramm akkaunti orqali qabul qilinadi. Tashkiliy qo‘mita maqola va tezislarni tahrir qilish huquqiga ega, ekspertlar xulosasiga ko‘ra talabga javob bermaydigan materiallar qabul qilinmaydi. To‘plamda e’lon qilinadigan maqola va tezislar uchun badal puli 60.000 so‘m. Konferensiya materiallarini elektron to‘plam shaklda keltirish va elektron shaklda tarqatishni o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi jamoasi o‘z zimmalariga oladi. Tashkiliy qo‘mita manzili: Jizzax shahri, Sh.Rashidov shoh ko‘chasi, 4-uy, Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi kafedrasi Murojaat uchun tel: Kafedra mudiri, f.f.f.d. (PhD), dotsent Jo‘rayev Murodulla Alishboyevich (99890) 516-45-42; Ma’sul: f.f.doktori, professor v/b Soatova Nodira Isomitdinovna (+99890)311-35-55. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling