Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet104/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
111 
ma‘lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta‘sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan 
munosabatlari jarayonida shakllanadi. 
Abu Nasr Forobiyning e‘tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining 
mahsulidir. Inson bilimlarni o‘zlashtirar ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish 
tarixigacha bo‘lgan ma‘lumotlarni o‘zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. 
Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy 
quyidagilarni ilgari suradi: ―Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda 
xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni 
taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko‘radi, o‘z bilimlarining chinligini aniqlaydi‖. 
Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga bilimning 
chuqur o‘zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: ―Ilm narsalarning inson 
aqli yordami bilan o‘rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu 
shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo‘ladigan 
narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda 
bunga hikmat – donishmanlik deyildi‖. 
Ibn Sinoning aql va aqliy tarbiyaning tabiiy va psixologik asoslarini aniqlashga 
harakat qiladi. Uning fikricha, hayot, hayotiy quvvat uch shaklda: o‘simlik, hayvonot va 
inson shaklida namoyon bo‘ladi. 
Ibn Sino bolaning ilm-fan yoki xunar egallashga intilishida o‘qituvchining unga bilim, 
hunar o‘rgatishi zarurligini uqtiradi. 
Ilm fanga intilish insonning eng oliy ma‘naviy yuksaklikka ko‘taradi, jamiyat 
ravnaqining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi 
Tarq qil bor narsani, jon barchidin a‘lodurur, 
Jon kamoli ilmdandir, ilmdandir so‘lu sog‘. 
Jon agar bir shisha bo‘lsa, ilm sham chirog‘. 
Xikmati insonin bilgil uch chiroqda misli yog‘. 
Ul agar ravshan yonar, sen ham salomat ham tirik. 
Ul chiroq so‘nsa, sening ham o‘lganingmasmu shu chog‘. 
Uning fikricha, ta‘lim-tarbiya, avvalo, aqliy tarbiyani, yoshlarga ilm-fan o‘rgatishni, 
jismoniy tarbiyani (bunga tibbiyot ilmi hizmat qiladi), axloqiy tarbiyani, nafosat tarbiyasini 
hamda yoshlarni ma‘lum hunarga o‘rgatish masalalarini o‘z ichiga oladi. Axloqiy tarbiya 
inson uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Bolaning axloqiy tarbiyasi yoshlikdan, 
bolalikdan boshlanishi kerak. 
Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg‘u bilig‖ asari ta‘bir joiz bo‘lsa, bilimning mohiyati
uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta‘minlashdagi roli, yozuvliklarni 
bartaraf etuvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli 
bo‘lish ezgu ishlar tantanasini ta‘minlovchi garov bo‘lib, uning yordamida hatto osmon sari 
yo‘l ochiladi: 
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur, 
Bilim tufayli, go‘yo ko‘kka yo‘l topiladi. 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling