Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 213 funksiyalarni shakllanishida baza hisoblanadi, jumladan, qabul qilish, e‘tibor, maqsadli harakat, fikrlash va tan olish. Uchinchi bosqich – affektli davr, uch yoshdan o‗n ikki yoshgacha davom etadi. Shaxsiy doimiy harakterdagi mulohazalarga ega. To‗rtinchi bosqich – ideatorli davr (12-14 yosh). Murakkab tushuncha shakllanadi, tushunish, izoh berish, aqlni jamlash yuzaga keladi.Bolalar fikrlarini oldindan rejalashtiradilar. Fikrlashlari abstraktli bo‗ladi. Shaxs shakllana boshlaydi [2. 45]. Bola rivojlanishining har bir bosqichi shaxsning rivojlanishi, kamol topishi va jamiyatda o‗z o‗rnini qiynalmay topishida ahamiyatli sanaladi. Jumladan, bu davrlarda bolalarda psixik jarayonlar (ma‘rifiy, nutqiy, hissiy, irodaviy va hokazo) paydo bo‗lishi va rivojlanishi, psixik xususiyatlar qaror topishini, xilama-xil faoliyatning (o‗yinlar, o‗qish, mehnat) rivojlanishini, bolaning shaxs sifatida shakllanishi va boshqalar. Bolaga ona tomonidan parvarish keyinchalik jamiyatda o‗z o‗rnini egallashda asosiy vositalardan sanaladi. Bolaning harakteri va xatti-harakati, ayniqsa, maktab yoshida ularni kim parvarishlaganiga bog‗liqdir. Agar ona bolaga yetarlicha e‘tibor bermasa, uni o‗z holiga tashlab qo‗ysa, turli xil kasalliklarga chalinadi va bu o‗tkir yoki surunkali bo‗lishi mumkin. Bola hayotining alohida davrlarida ruhiy buzilishlar va kasalliklar paydo bo‗lishiga moyillik yuqori bo‗ladi. Bu davrlar krizis deb ataladi. Krizisning ikki xil ko‗rinishi mavjud: 2-7,5 yoshda; 12-15 yoshda. Birinchi krizisda – parapubertat davrda ruhiy va jismoniy sifatlar hayot bilan ta‘minlovchi tizimlar faoliyatga ta‘sir ko‗rsatadi. Bu yoshdan ruhiy sferaning qisman og‗riqli holatlari boshlanadi. Ikkinchi krizis – pubertat davr – ichki sekretsiya bezlarining qayta tiklanishi bilan bog‗liq. Bolalar tez o‗sadi, jinsiy metamorfoz kuzatiladi. Bu davrda bolalarning jahli tez chiqadi, alohida e‘tibor talab qiladi. Atrof-muhit sharoiti, tarbiyasi va turli xil kasalliklar bolada oliy nerv faoliyatining normal rivojlanishini kechiktirishi, tengdoshlariga nisbatan orqada qolishi mumkin, buning oldini olish uchun umumiy amaliyot shifokori muntazam ravishda ota-onalarga bolani barkamol tarbiyasi, sog‗lom parvarish qilish yo‗l-yo‗riqlari haqida maslahat berib borishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, bolalar psixologiyasi murakkab psixik jarayonlarni qamrab oladi va u ota-onalar hamda ustozlar tomonidan bolalarga alohida e‘tibor, ko‗mak, g‗amxo‗rlikni talab qilinadigan davr hisoblanadi. Bolalarni sog‗lom, kasalliklarga chalinmay o‗sishi yurtimiz kelajagini ta‘minlovchi omillardan biridir. Download 160 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling