Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 111 ma‘lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta‘sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi. Abu Nasr Forobiyning e‘tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o‘zlashtirar ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo‘lgan ma‘lumotlarni o‘zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: ―Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko‘radi, o‘z bilimlarining chinligini aniqlaydi‖. Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga bilimning chuqur o‘zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: ―Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik deyildi‖. Ibn Sinoning aql va aqliy tarbiyaning tabiiy va psixologik asoslarini aniqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, hayot, hayotiy quvvat uch shaklda: o‘simlik, hayvonot va inson shaklida namoyon bo‘ladi. Ibn Sino bolaning ilm-fan yoki xunar egallashga intilishida o‘qituvchining unga bilim, hunar o‘rgatishi zarurligini uqtiradi. Ilm fanga intilish insonning eng oliy ma‘naviy yuksaklikka ko‘taradi, jamiyat ravnaqining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi Tarq qil bor narsani, jon barchidin a‘lodurur, Jon kamoli ilmdandir, ilmdandir so‘lu sog‘. Jon agar bir shisha bo‘lsa, ilm sham chirog‘. Xikmati insonin bilgil uch chiroqda misli yog‘. Ul agar ravshan yonar, sen ham salomat ham tirik. Ul chiroq so‘nsa, sening ham o‘lganingmasmu shu chog‘. Uning fikricha, ta‘lim-tarbiya, avvalo, aqliy tarbiyani, yoshlarga ilm-fan o‘rgatishni, jismoniy tarbiyani (bunga tibbiyot ilmi hizmat qiladi), axloqiy tarbiyani, nafosat tarbiyasini hamda yoshlarni ma‘lum hunarga o‘rgatish masalalarini o‘z ichiga oladi. Axloqiy tarbiya inson uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Bolaning axloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak. Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg‘u bilig‖ asari ta‘bir joiz bo‘lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta‘minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo‘lish ezgu ishlar tantanasini ta‘minlovchi garov bo‘lib, uning yordamida hatto osmon sari yo‘l ochiladi: Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur, Bilim tufayli, go‘yo ko‘kka yo‘l topiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling