Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet124/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
132 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISHIDA 
SOG„LOM OVQATLANISHNING AHAMIYATI 
Kasimova Shahlo Bahromovna 
Qo‗qon shahar 18-maktabgacha davlat tashkiloti rahbari 
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy 
rivojlanishida sog‗lom ovqatlanishning ahamiyati haqida to‗xtalib o‗tilgan. Shuningdek
maqolada bolalarning jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun zarur bo‗lgan oziq-ovqat 
mahsulotlari ratsioni haqida ham ma‘lumotlar berilgan. 
Kalit so„zlar. Bolalar, rivojlanish, to‗g‗ri ovqatlanish, ratsion, jismoniy barkamollik, 
sifatlik, e‘tibor. 
 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 14 
fevral kuni bo‗lib o‗tgan maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‗yicha 
ko‗rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‗ishlangan videoselektor yig‗ilishi 
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‘nan yetuk, jismonan barkomol etib tarbiyalashga 
alohida e‘tibor berilayotgani o‗z isbotini topdi. Yig‗ilishda bolalarga sut mahsulotlari va 
meva tasdiqlangan normadan kam miqdorda berilmoqda, baliq mahsulotlari esa deyarli 
berilmayotgani aytib o‗tildi. 
Bu borada berilgan topshiriqlarga muvofiq, bolalarni sifatli ovqatlantirish, ko‗rpa, 
yostiq va choyshablarini belgilangan muddatlarda almashtirish, dori-darmon va yuvish 
vositalari uchun ajratiladigan mablag‗lar miqdori yetarli ekani aniq hisob-kitob qilinishi 
aytib o‗tildi. 
Prezidentimizning g‗amhorliklaridan tushunishimiz mumkinki, bola shaxsining 
jismonan barkamol bo‗lib ulg‗ayishida tog‗ri ovqatlanish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tadqiqotlarga nazar tashlasak, maktabgacha yoshdagi bolalar (3 yoshdan 6 yoshgacha) hali 
ham o‗zlarining ovqatlanish odatlarini rivojlantirishi va ularni sog‗lom ovqatlar va gazaklar 
iste'mol qilishga undash kerakligi ta‘kidlangan.[1] Bu bolalar, ayniqsa, boshqa odamlardan 
o‗rganishni juda xohlashadi. Ular ko‗pincha kattalarning ovqatlanish odatlariga taqlid 
qilishadi. Ovqatlanish vaqtida ularni nazorat qilish kerak, chunki ular hali ham chaynash va 
yutish qobiliyatlari ustida ishlamoqda. 
Tajribalarimdan kelib chiqib maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan 
barkamol etib tarbiylash uchun ovqatlanish vaqti haqida foydali maslahatlarni sanab 
o‗taman: 

Ovqat tayyorlash, muntazam ravishda rejalashtirilgan gazaklar taklif qilish va rejasiz 
ovqatlarni cheklash. 

Ovqatlanish bilan yomon xulq-atvorga yo‗l qo‗ymaslik kerak. Ovqatlanishga e'tibor 
berish, ovqat bilan o‗ynamaslik yoki ovqat stolida o‗ynamaslik. 

Ovqatlanayotganda yugurish yoki o‗ynash bolaning bo‗g‗ilib qolishiga olib kelishi 
mumkin. Bolani ovqatlanayotganda o‗tirishiga ruxsat berish lozim. 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling