Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet240/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
251 
zagotovkaning dastgohga mahkamlangan qismi, bu kuchga bardosh bermasdan markazini 
yo‘qotishi, hattoki rezetsning ta‘sir kuchidan uzilib ketishi ham mumkin. Shu bois 
dastgohda ishlov berish jarayonida uning ish rejimlarining zagotovka o‘lchamlariga mos 
kelishiga alohida e‘tibor qaratilishi shart. 
Metall kesish dastgohlarida ishlash jarayonida buyum va asbob bir-biriga nisbatan 
siljiydi, bu siljish harakati asosiy harakat bo`lib [1], bu kesish jarayonining sodir bo‘lishiga 
olib keladigan harakat hisoblanib, kesish harakati deb ataladi. 
Zagotovkaga har xil ishlov berish usullaridan foydalanib tayyor mahsulot olishimiz 
mumkin. Metallarni kesib ishlashning asosiy usullariga quyidagilarni aytish mumkin [1]. 
Yo‘nish, randalash, o‘yish, parmalash, frezalash, jilvirlash va sidirish. 
Yo‘nish- tokarlik stanoklarida keskich bilan bajariladi. Yo‘nish jarayoni 
zagotovkaning aylanma va keskichning bo‘ylanma yoki ko‘ndalang yo‘nalishdagi 
ilgarilanma harakatlarining birlashishi orqali amalga oshriladi. 
Randalash- ko‘ndalang randalash va bo‘ylama randalash stanoklarining keskichlari 
yordamida amalga oshiriladigan texnologik jarayon. Randalash jarayoni ko‘ndalang 
randalash stanoklari keskichining asosiy harakati, zagotovkaning surish harakati orqali 
amalga oshiriladi. 
O‘yish- o‘yish stanoklarining maxsus keskichlari yordamida bajariladi. O‘yish 
jarayonida ham randalash jarayoni kabi keskichning asosiy va zagotovkaning surish 
jarayoni orqali amalga oshiriladi. 
Parmalash- parmalash stanoklarining turli konstruksiyadagi parmalari orqali 
bajariladigan jarayondir. Parmalash jarayonida asosiy harakat ham surish harakati ham 
parmaga beriladi. 
Frezalash jarayoni frezalash stanoklarida ko‘p tig‘li asbob-freza bilan bajariladi. 
Bunda frezaning aylanma harakati ya‘ni asosiy harakat va zagotovkaning ilgarilanma 
(surish) harakatlarining yig‘indisi natijasida qirindi kesib olinadi. 
Jilvirlash jarayoni maxsus stanoklarda jilvirlash toshi yordamida amalga oshiriladi. 
Yassi yuzalar tekis jilvirlash stanoklarida, slindrik yuzalar esa doiraviy jilvirlash 
stanoklarida jilvirlanadi. Yassi yuzalarni jilvirlashda bosh harakat ham vertikal yo‘nalishda 
uzlukli surish harakati ham jilvirlash toshiga, bo‘ylama surish harakati zagotovkaga beriladi. 
Sidirish jarayoni sidirish stanoklarining ko‘p tig‘li asboblari yordamida bajariladi. 
Sidirishda bosh harakat keskichga beriladi. Sidirsh jarayonida surish harakati bo‘lmaydi. 
Shunday qilib, metallarni kesib ishlash usullarini tahlil qilib o‘rganganimizda, 
metallarga kesish yo‘li bilan ishlov berish detallarga shakl berishning eng keng tarqalgan 
usullaridan biri hisoblanar ekan [7]. Qirindi chiqarmasdan shakl berish usullarining taraqqiy 
etganiga qaramasdan, metallarni kesib ishlov berish- mashina va uning mexanizmlarini 
ishlab chiqarishda yetakchi asosiy jarayon bo‘lib qolmoqda. 

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling