Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 293 2. TIMSS - Trends in International Mathematics and Science Study— 4 va 8-sinf o‗quvchilarining matematika va tabiiy yo‗nalishdagi fanlardan o‗zlashtirish darajasini baholash; 3. PIRLS - Progress in International Reading and Literacy Study— boshlang‗ich 4. 4-sinf o‗quvchilarining matnni o‗qish va tushunish darajasini baholash; 5. TALIS - The Teaching and Learning International Survey— rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida o‗qitish va ta‘lim olish muhitini hamda o‗qituvchilarning ish sharoitlarini o‗rganish.[1] Xalqaro baholash dasturlari bo‗yicha xalqaro tadqiqotlarda O‗zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko‗rish bo‗yicha «Yo‗l xaritasi» ishlab chiqildi, unga ko‗ra, o‗quvchilarning yozma va nutq savodxonliklarini oshirish bo‗yicha ilg‗or milliy va xalqaro tajribalarni joriy etish; o‗quvchilar mustaqil ta‘lim olishlari uchun elektron shakldagi ta‘limni rivojlantirish, unda o‗qish, matematika va tabiiy yo‗nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar bo‗yicha savollar bazasini yaratish hamda boyitib borish; o‗quvchilarning o‗qish, matematika va tabiiy yo‗nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‗rish uchun mustaqil ta‘limni joriy etish; xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan malakali o‗qituvchi-trenerlar bilan hamkorlikda hududlarda o‗quvlar tashkil etish kabilar belgilangan.[2] Odatda matematika darsliklarida standart masalalar beriladi va ular standart usullar yordamida echiladi, ya‘ni o‗quvchilar muayyan turdagi masalalarni ma‘lum algoritmlar asosida yechishga o‗rgatiladi. Odatda matematika darsliklaridagi masalalar muayyan bobda beriladi va bu bilan ularni echish usullari ham shu bobda ko‗rilgan usullarga bog‗langan holda beriladi, ya‘ni muayyan bo‗limining masalalari qanday echilishi haqida ko‗rsatma beriladi. Bizning darsliklarda PISA topshiriqlariga o‗xshash masalalar juda kam yoki umuman yo‗q. Masalalarda ko‗rilayotgan vaziyatni tavsiflovchi juda katta hajmdagi axborot berilib, ularda juda ko‗p yangi matnli ma‘lumotlarning borligi – masalani tushunish va uni echishni yana og‗irlashtiradi.[3] Ma‘lumot turli shakllarda taqdim etiladi: matn, raqam va ma‘lumotlar shaklida. Masalani echish uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlar matnning turli qismlaridan olinishi kerak. Ba‘zi masalalarda ―aylana‖ so‗zi topshiriq matnida qayd etilmasada, o‗quvchilarning o‗zlari ob‘ektning aylana shaklida ekanligini topishlari kerak bo‗ladi. Download 160 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling