BUXORO VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI XALQARO TADQIQOTLARGA TAYYORLASH USULLARI Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi To‘rayeva Sanobar Sulaymonovna O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarori qabul qilindi.
Mamlakatimizda aynan mana shunday xalqaro dasturlarning ta’lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki, o‘quvchi yoshlar bilim darajasini baholash yoki monitoring qilishning dasturi mavjud emasligi uchun “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha tadqiqotlarni amalga oshirish MILLIY MARKAZI маркази” yaratildi.
SIZ BILGAN XALQARO TADQIQOTLAR:
- The Programme for International Student Assessment (PISA) - 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;
- Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) - boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash;
- Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash dasturi;
- The Teaching and Learning International Survey (TALIS) - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini baholovchi xalqaro dastur;
- Early Grade Reading Assessment (EGRA) - Kichik maktab yoshdagi o’quvchilarning matnni o'qish va tushunishinibaholash (EGRA);
- Early Grade Mathematic Assessment (EGMA) - Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik savodxonligini baholash dasturi.
Do'stlaringiz bilan baham: |