Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 379 tanilgan. Makrlalarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mustamlakachilik va xurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masalalariga alohida eʼtibor qaratgan. Munavvarqori oʻz faoliyati davomida pedagogik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik bilan cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan, shu sababli mustamlaka hukumati tomonidan bir necha bor hibs qilingan. ―Munavvar‖ – nur olgan, nurli degani. Turkiyada hozir ham bu soʻzni ziyoli oʻrnida qoʻllaydilar. ―Qori‖ deb Qurʼonni maromiga yetkazib oʻqiydiganni aytganlar. U Toshkentning maʼrifatli bir xonadonida tugʻilib, ismiga munosib boʻlib oʻsdi. Hujjatlardan uning Shayxontohur daha, Darxon mahallasida tugʻilib oʻsgani maʼlum boʻladi. Otasi Abdurashidxon mudarris, onasi Xosiyatxon otin boʻlgan. Munavvar onasi qoʻlida savod chiqargan. Dastlab Toshkentda Yunusxon madrasasida, soʻng Buxoroda oʻqigan. Oʻtgan asrning 90-yillari oxirlarida jadidlarga qoʻshilib, 190- yilda Toshkentda birinchilardan boʻlib ―usuli jadid‖ maktabi ochadi. Bu maktablar uchun ―Adibi avval‖, ―Adibi soniy‖ kabi alifbo va xrestomatiyalar, ―Tavjid al-Qurʼon‖ (―Qurʼon qiroati‖), ―Yer yuzi‖ (―Geografiya‖) singari qoʻllanmalar tuzib, nashr etadi. Bu darsliklar 1901–1917 yillar oraligʻida eng kami 2-3, koʻpi 9-10 martagacha alohida-alohida holda nashr etilgan. Yevropa savdosanoat, ilm-fanini oʻrganishga chaqirgan, maʼnaviy qoloqlikni qoralagan. Chor va shoʻro hukumatlari olib borgan mustamlakachilik si-yosatiga karshi izchil kurash olib borib, 1917 - 1924 yillarda "Shoʻroyi islom", "Turk adam markaziyat", "Ittihod va taraqqiyot", "Milliy ittihod", "Nashri maorif" kabi jamiyat, firqa va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilgan. U vijdon erkinligini inkor etmagan dunyoviy demokratik davlat tarafdori boʻlgan. Shu sababli Qoʻqon shahrida tashkil topgan Turkiston muxtoriyatinm (1917) qoʻllab-quvvatlagan. Umr boʻyi oʻz vatanini mustaqil koʻrishni istagan. M. 1929-yil 6-noyabrda qamoqqa olinib, Moskva shahridagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan. 1991-yilda rasman reablitatsiya qilingan. Download 160 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling