“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
380
TASVIRIY SAN‟AT FANI AHAMIYATI
Raxmanova Zarnigor Salimjon qizi
Namangan davlat univtrsiteti
San‘atshunoslik fakiltrti 1 kurs magistri
Annotatsiya: bu maqolada tasviriy san‘at fani ahamiyati, asosiy fanlardan farqi,
kompozitsiya yaratish bosqichlari, maktab yoshigadi o‘quvchilar bosh moyasi ishlash
prinsipi va fikrlash bosqichlari haqida so‘z etiladi.
Kalit so‟zlar:
kompozitsiya, analiz,ufq chizig‘i, pastel, element, shakl.
Maktab dasturidagi hech bir fan ota-onalar va o'quvchilar o'rtasida tasviriy san'at darsi
kabi qarama-qarshi fikrlarga ega emas. Ba'zilar bu fan bola rivojlanishi uchun juda kerakli
deb hisoblasalar, ba'zilar tasviriy san'at inson hayotida muhim ahamiyat kasb etmaydigan
fan deb hisoblashadi va bu fanni dasturdan olib o'rniga "kerakli"
fanga almashtirish degan
fikrga ega. Misol uchun matematika, chet tili, informatika va shu kabi fanlarga. Qisqasi, ona
tili fani savodhonlikni o'rgatsa, adabiyot fani nutq madaniyatini shakillanishiga yordam
beradi. So'zsiz matematika fani barcha fanlar "otasi" deb hisoblanadi. Matematika va
tas'viriy san'at fanini qiyoslash bilan hech qanday natijaga erisha olmaymiz. Maktab
ma'muriyati va o'qituvchilar fikricha esa tasviriy san'at fani bola uchun "asosiy fanlar"
orasida dam olish uchun vaqt deb bilishadi. Shuning uchun maktab jadvalida bu fan oxirgi
dars soatlarda va hafta oxirlariga qo'yiladi. Albatta bunday
munosabat quyidagi tasviriy
san'at fani vazifalari stereotiplariga tayangan holda paydo bo'ladi:
•konkret bir predmetni akademik darajada chizishni o'rgatish(kub, shar, konus)
•dadil qalam bilan chizish
•moyqalamni to'g'ri ushlash
•rang, rangli qalam, pastel bilan ishlash.
Tasviriy san'at fani bu keltirib o'tgan vazifalar bilangina cheklanib qolmasligini
tushunushimiz kerak.
Hammamizga ma'lumki inson miyasi ikki yarimsharlardan iborat.
Nega bunday
yaratilgan? degan savol paydo bo'ladi. Inson organizmi- bir tizim, va unda hech bir a'zo
kereksiz va kerakliga ajratilmaydi.
Chap yarimshari- mantiqiy fikrlash, ma'lumotlar tuzilishiga javob beradi. O'ng
yarimshari- emotsional holat, ijodiy fikrlashga javob beradi. Aynan shu yarinsharimiz atrof-
muhitdan kelayotgan ma'lumotlarni qabul qiladi. Eslab qolishimiz, e'tibor
berishimiz,
qiziqgan narsamizga intilishimizga undaydi.
Tasviriy san'at darsida barcha yuk o'ng yarimshariga tushadi va u aktivlashadi. Chap
yarimshariga tushgan yukni yengillashtiradi. Ammo chap yarimshari dam oladi degani
emas, balkim u o'ng yarim shari bilan tizimli ishga tushadi.
Buni isbotqilish uchun o'quvchiga quyidagi vazifani bajarishi uchun berishimiz
mumkin.