Konflikt signallari
Download 1.5 Mb.
|
Konflikt signallari
Yettinchi qadam: konflikt vaziyat va konflikt muammoning yechimi topish asli ancha murakkab jarayon ekanligi sizga oydinlashmoqda. Konfliktning yechimini topish bir o‘tirishda hamma muammolarning hal etilishi emas. Agar bir o‘tirishda ana shunday hamma tomonlarni qoniqtiruvchi yechim topilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi, ammo aslida konflikt yechimini topish ancha mushkul jarayon bo‘lib, eng qiyini hamma ishtirokchi tomonlarni yagona yechimga keltirishdir. Shu bois, konflikt yechimi jarayonida qanoatli va sabrli bo‘lish, asta-sekinlik bilan bo‘lsa ham, ziddiyatning yechimini topishga qaratilgan sayi-harakat hisoblanadi. Sabrli bo‘lish – konflikt yechimini topish sari bo‘lgan yo‘lning doimiy hamrohi bo‘lishi shart.
Shunday qilib, konfliktlar yechimi mavjud. Konfliktning eng oddiy yechimi konfliktogenlarga e’tiborli munosabat, konflikt oldi vaziyatlaridan bo‘lgan konflikt signallari, inqiroz, tomonlar orasidagi tang holat, tushunmovchilik, insidentlar, diskomfort kabilarni oldindan ko‘ra bilish va konfliktning kelib chiqishi oldini olish, konflikt kelib chiqqanida esa, uning yechimiga qaratilgan sayi-harakatlarni olib borishdan iboratdir. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling