Konfliktlarning namoyon bo‘lish shakllari va turlari


Download 13.89 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi13.89 Kb.
#1306455
Bog'liq
amaliy



Konfliktlarning namoyon bo‘lish shakllari va turlari

Insoniyat taraqqiyoti tarixi turli, ayni paytda, o'ziga xos manfaatli munosabatlarga ega, shaklan va mazmunan bir-birini takrorlamaydigan shaxs, guruh, qatlamlar hamda voqea-hodisalarga har


xil yondashuvlaming namoyon bo4lishi bilan xarakterlanadi, Turfa
madaniyat va yondashuvlar ijtimoiy hayot rivojlanishining oqilona asoslari paydo bo'lishiga, taraqqiyot qonuniyatining nazariy va
amaliy mezonlari shakllanishiga xizmat qilishi bilan birga, inson va
jamiyat hayotida turli ijtimoiy xatarlar, tanazzullar, murosasizlikning, toqatsizlikning betakror shakllarining namoyon bo'lishiga olib
keladi. Shu bois konfliktlarning namoyon bo'lish shakllari va turlarini, o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda quyidagicha:
konfliktlarning obyekti, maqsadi, oqibatlari hamda yo'nalganligi,
ularning namoyon boMish sabab-oqibatlari, to‘satdan, kutulmaganda
sodir bo‘lish vaqtiga, davomiyligi va keskinlik darajasiga, nizolar
kelib chiqishi va uning ishtirokchilariga ko'ra, ijtimoiy hayotning
tashkil etilganlik darajasiga hamda vaziyatni subyektiv idrok etishni
hisobga olgan holdagi va boshqa turlariga ajratish mumkin.
Konfliktlami namoyon bo4lish turiga ko‘ra ikkiga bo‘lish mumkin: agonistik (murosaga keladigan) va antagonistik (murosasiz).
Agonistik konfliktlar uchun quyidagilar xos:
1) konfrontatsiya (konflikt) - sotsial guruhlaming qarama-qarshi
siyosiy, ekologik, sotsial manfaatlarga passiv qarshi turishi. Konfrontatsiya ochiq to‘qnashuv shaklini olmaydi, ammo farqli qarashlar
mavjudligini ko'zda tutib, raqobatga о4 sib ketishi mumkin;
2) raqiblik - alohida odam yoki biron-bir jamoat yutuqlari va imkoniyatlari e’tirof etilishi uchun kurash. Raqiblik maqsadi - yaxshi
sotsial pozitsiyaga ega bo£lish, e’tiborli yutuqlarga erishish. Raqiblik
rivojlanib, raqobatga o‘tishi mumkin.
3) raqobat - konfliktning alohida toifasi bo‘lib, undan maqsad -
biron-bir foyda, daromad ko£rish yoki kamyob ne’matlarga erishish.
Antagonistik konfliktlaming quyidagi turlari mavjud: *
1) norozilik - mavjud holatdan aniq ifodalanmagan holda norozilik bildirish. Awaliga asabiylashuv paydo boiib, u va nizoli
vaziyatga o£tib boradi. Noaniq maqsadlar nisbatan aniq ifodalangan talablarga aylanib, lekin norozilik tashkilotchilarining istaklari
hamisha ham tushunarli emas, ya’ni ulaming irodasi aniq ifodalanmagan. Norozilik o£sib, g£alayon yoki qo£zg‘olonga o£tib ketishi
mumkin;
2) g‘alayon - shaxs yoki jamoa agressiyasining jamoaviy norozilikni yuksak darajada uyushtirgan holda agressiv tarzda ifodalash;
3) qo‘zg‘olon - shaxs yoki jamoa agressiyasining jamoaviy norozilikni yuksak darajada uyushtirgan holda muayyan maqsadga qarata ifodalash;
4) inqilob - konfliktning oliy shakli, ko'rinishi bo£lib, norozilikning eng so'nggi shakli, mavjud tuzumni siyosiy ag'darib tashlash
yo£li, sotsial-iqtisodiy tartibning sifat jihatidan o'zgarishini anglatadi. Odatda, inqilob harakatning zo£ravonlik ishlatgan holdagi harbiy
usulini va keng ommaning jalb etilishini nazarda tutadi.
Koafliktlarriing turli taktikalari mavjud: turli qcirashlar va
ustuvorlik qilish Turli qarashlar - asosiy tarkibiy qism bo£Iib, ishtirok chi laming talablar yoki istaklar to‘g£risidagi deklaratsiyalarda
ifoda etilgan qarashlari, manfaatlari holati va yoMlanganligidan dalolat beradi. Turli qarashlar konfliktning protsessual modelida bayon
etilgan qarama-qarshi axloqni shakllantiradi. Ustuvorlik qilish inson
hamjamiyatlarida sotsial tabaqalashuv, ustuvor pozitsiyalar uchun
kurashni ko‘zda tutib, bu - odamlaming kuch ishlatishga asoslangan
harakatlari tizimidir..
Download 13.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling