Конфликтларнинг ривожланиш босқичлари ва механизми
Download 64.8 Kb.
|
KONFLIKTLARNING TUZILISHI
Konflikt eskalatsiyasi bu tanglik va zo`rlikning kuchayishidir”1.
Eskalatsiya konfliktda ichki o`zgarishlarni ham keltirib chiqaradi. Konflikt yaqqol jadallashuvi sabablarini izohlovchi asosiy o`zgarish bu konflikt predmetini va tegishlicha o`zaro ta`sir shakllarining almashinuvidir. Konfliktning sezilarli chuqurlashuvi va kuchayishi bilan bog`liq eng keng tarqalgan va tipik holatlardan biri bu nizoda asoslantirishdan e`tirozlarga, shaxsiy haqoratlashlarga, hatto jismoniy ta`sir ko`rsatishga o`tishdir. Bu vaziyatda tanqid shaxsni o`ziga o`zi baho berishga bo`lgan tahdid sifatida qabul qilinadi, o`z o`ziga baho berishni himoya qilishga bo`lgan urinish konflikt predmetini “shaxsiy” darajaga qo`yishga olib kelishi mumkin. Totalitar va teokratik rejimlarda jiddiy tanqid doimo davlat xavfsizligiga xavf sifatida qaralgan va qat`iy ta`qib qilingan. Parlament tortishuvlarida, davlatlararo munosabatlarda boshqacha nuqtai nazarni bayon etish ko`pincha o`z mavqeini o`tkazishga bo`lgan urinish deb baholanadi. Manfaatlar konfliktida predmet almashinuvi yuz berishi mumkin. Nizoli obyekt tufayli boshlangan qarama-qarshi kurash yanada keng miqyosdagi to`qnashuvga aylanishi mumkin. Manfaatlar konfliktida predmet o`zgarishi mumkin. Bunday o`zgarishga “obyekt yo`qolishi” tipik misol bo`ladi. Uning mazmuni shundaki, nizoli obyekt tufayli boshlangan kurash yanada katta to`qnashuvga aylanadi, bunda konfliktning dastlabki predmeti asosiy rol o`ynamaydi. qo`shnilar o`rtasidagi yer tomorqalari chegaralari tufayli boshlangan janjal o`zaro dushmanchilik va har xil shaxsiy noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Kavkazorti va Shimoliy Kavkazdagi hududiy e`tirozlar tufayli boshlangan ko`p sonli konfliktlar o`zaro dushmanchilikka, tinch aholiga qarshi genotsidga olib kelgan. Keltirilgan misollarda konfliktning “kattalashuvi” kuzatiladi, yanada chuqur ziddiyatlarga o`tish to`qnashuvning ko`pchilik turli nuqtalarining paydo bo`lishiga olib keladi. Konflikt yanada keng hududlarga tarqaladi, o`z epitsentrini o`zgartiradi. Konflikt eskalatsiyasida yana ham ko`p miqdordagi ishtirokchilarni jalb qilish hisobiga qarshi kurashuvchi subyektlarning o`ziga xos “yiriklashuvi” yuz beradi. Individlar o`rtasidagi konfliktning guruhlararo konfliktlarga o`zgarishi, raqobatlashuvchi guruhlar tuzilmasining o`zgarishi va sonining ortishi qo`llaniladigan vositalar majmuini yanada samarali kuch ishlatish metodlari hisobiga kengaytirib konflikt xarakterini ham o`zgartiradi. Download 64.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling