Конфликтни ҳал қилиш механизмлари ва асослари
Download 57.46 Kb.
|
Sanaboyeva M
Konfliktdan qochish
Agar siz konfliktdan qochish stereotipini tanlashga moyillik ko'rsatsangiz, siz o'zingizda uning keyingi rivojiga faol ta'sir ko'rsatish, uning yechimini o'zingiz uchun qulay va zarur maqsadlarda hal etish imkoniyatini boy bergan bo'lasiz. Ammo ba'zan konfliktdan qochish jismoniy to'qnashuv, zo'ravonlik va kuch ishlatishning oldini olgan bo'ladi. Konflikt vaziyatdan qochish agar mana shu konflikt aynan sizning shaxsiy manfaatlaringizga qarshi qaratilmagan bo'lsa, o'ylangan va to'g'ri tashlangan qadamlardan bo'lishi mumkin. Bu holda uning har qanday yechimi - sizning hayotingizga ta'sir o'tkazmaydi. Ammo, konfliktdan qochib, siz o'z do'stlaringiz va yaqinlaringizga ko'mak berishdan voz kechgan bo'lasiz. Ba'zi hollarda konfliktdan qochish taktikasi ataylab, o'z opponentini jazolash, uning “aqlini” kiritib qo'yish, “qani nima ham qila olardi?” qabilida ish tutish maqsadlari asosida qilingan bo'ladi. Bunday hol, sizning inson sifatida odamlar tomonidan ijobiy qabul qilinishiggiz uchun hyech ham yordam bermaydi, va muhimi, oralaringizdagi ziddiyatni yechib ham bermaydi. Bu hol o'z oppnentizgizni konfliktga bo'lgan munosabatini ham oydinlashtirmaydi, balki murakkablashtiradi. Kuyidagi amallar sizning konfliktdan qochish taktikasini qo'llayotgan ekanligingizni anglatadi: gaplashmaslik ataylab ko'rsatib, jahl bilan boshqa joyga ketish hafa bo'lganligini ko'rsatib boshqa uyga chiqib ketish “yashiringan”, uzoq vaqt davomida xis qilingan qahr va • g'azab depressiya o'z opponentini ochiqchasiga tan olmaslik (ignorirovaniye) odamlar orqasidan mazah qilish va gapirish yaqinlaringiz bilan faqat ish yuzasidan gaplashish indifferent munosabat urishib qolgan tomon bilan umuman, na do'stona, na qarindoshlik, na ish yuzasidan muomala qilmaslik, munosabatlarni batamom uzish Download 57.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling