Konlardagi ishlatiladigan quvurlar tasnifi
– rasm. Neftni yig‘ish va tashish tizimi
Download 478.14 Kb. Pdf ko'rish
|
14-(22)-maruza-2021
22.1– rasm. Neftni yig‘ish va tashish tizimi:
1-quduq; 2-otma chiziq; 3-yig‘uv kollektori; 4-gaz yig‘uv kollektori; 5-neft yig‘uv kollektori; 6-suv uzatmasi; AGO‘Q-avtomatik guruhli qurilmasi; SNS-siquv nasos stansiyasi; KTQ-kompleks tayyorlash qurilmasi; GQIZ-gazni qayta ishlash zavodi; SUG- suyultirilgan uglevodorod gazi; KFEU-keng fraksiyali uglevodorodlar;STQ-suvni tashlash qurilmasi; RP-rezervuar parki. Quduq mahsulotlari otma chiziq (2) orqali avtomatik guruhli o‘lchov qurilmalariga (AGO‘Q) to‘planadi va bu yerda har bir quduqdan qazib olingan neft, gaz va suvning miqdori navbat bilan o‘lchashdan o‘tkaziladi. Undan keyin quduq mahsulotlari (1) birgalikda yig‘uv kollektorlari orqali (3) siquv kompressor stansiyasiga (SKS) yo‘naltiriladi. Bu bosqichda neftning bosimi quduqning ustida 1,0...1,5 MPa bosimdan SKSsining kirishida 0,7 MPa gacha pasaytiriladi. SKSsida birinchi bosqichdagi ajratish 0,3 MPa bosimgacha olib boriladi. Ajratilgan gaz o‘ziningbosimi ostida gazni yig‘ish kolektori (4) orqali gazni qayta ishlash zavodlariga (GQIZ) yo‘naltiriladi. Gazga to‘yingan neft va suv neftni yig‘uv kollektorlari (5) orqali nasoslar yordamida markaziy yig‘uv punktiga (MYP) haydaydi va u yerda neft eng so‘nggi barqarorlashtirish, suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonidan o‘tkaziladi. Tovar neft tovar rezervuar parkida yig‘iladi. Suv quvur uzatma orqali suvni tayyorlash qurilmasiga (STQ) beriladi va qatlam bosimini saqlash uchun qatlamga haydaladi. Gaz GQIZga kirib keladi va u yerda og‘ir uglevodorodlar va quruq gaz ajratib olinadi hamda kompressor yordamida magistral gaz uzatmasiga beriladi. Suyuqlik qismi suyultirilgan uglevodorod gazlariga va keng fraksiyali yengil uglevodorodlarga ajratiladi, magistral neft mahsulotlari uzatmasiga yoki temir yo‘l orqali iste’molchilarga yo‘naltiriladi. Download 478.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling