Konlardagi ishlatiladigan quvurlar tasnifi
Tovar neftning sifatiga qo‘yilgan talablar
Download 478.14 Kb. Pdf ko'rish
|
14-(22)-maruza-2021
22.2. Tovar neftning sifatiga qo‘yilgan talablar
Texnikaning rivojlanishi neft va neft mahsulotlarining assortementiga va sifatiga bo‘lgan talablarni oshiradi hamda ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishni talab qiladi. Shuning uchun tovar neftning sifati qayta ishlash jarayonida doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Neft mahsulotlarini va ularni sinash metodlarini nazorat qilishni tashkillashtiirish standartsiz amalga oshirilmaydi. Standart masalalari ko‘p tarmoqlidir. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tashish va ishlab chiqarish texnologiyasiga qo‘yilgan talablarni bajarilishi hamda qoniqtirilishi iste’molchilarni va ishlab chiqaruvchilarning manfatini - asossiz e’tirozlardan himoya qiladi. Davlat standart tizimi quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi: neft mahslotlari davlat standarti (GOST), tarmoq standarti (OST), respublika standarti (RST), korxona standarti (GTP), texnik shartlar (TU). Davlat standartining majburiyatlariga neft va neft mahsulotlarini tashish tashkilotlari hamda korxonalar to‘liq rioya qilishlari shartdir. Bu hujjatlarda eng muhim ishlatish xossalari, chegaraviy qiymatlarni o‘zgarmas qiymatlari, spetsifik tayinlanishlar va foydalanish shartlarining fizik-kimyoviy shakllanishlarining ruyxatlari o‘rnatiladi. Neft va neft mahsulotlarining sifati deganda ularni tayinlanishiga yaroqligini ta’minlab beradigan umumiy xossalarga aytiladi. Xossalar ikkita asosiy guruhlarga ajratiladi: fizik-kimyoviy va ishlatish (texnologik). Neftning va neft mahsulotining asosiy holatini tavsiflovchi xossalari va tarkibi (zichlik, qavushqoqlik, fraksiya tarkibi). Ishlatish xossalari neft mahsulotlarini belgilangan sohada qo‘llanilish samaradorligini aniqlaydi. Neft mahsulotlarini ba’zi bir xossalari eng sodda fizik-kimyoviy xossalar yordamida baholanadi. Yuqorida keltirilgan fizik-kimyoviy xossalarni moddalarning eng sodda xossasi orqali aniqlash mumkin. Neft va neft mahsulotlari ko‘pincha amaliyotda sifat sathi bilan baholanadi. Optimal sathiga - iste’molchilarning talablarini to‘liq qoniqtirish orqali erishiladi. Sifat sathi har bir xossaning sathiga va xossalarning ahamiyati bog‘liqdir. Mahsulot xossasining sifatini tashkil etuvchi bir yoki bir nechta miqdoriy tavsiflar – uning sifat ko‘rsatgichini aniqlaydi. Neftning xossasini sifati va tahlili hamda baholash usullarining ko‘pchiligi tayinlanishi bo‘yicha standartlashtirilgan. Ular qabul qilish – topshirish, nazorat, to‘liq, arbitraj va maxsus turlarga bo‘linadi. Qabulga topshirish tahlili- ishlab chiqarish, olib kelingan yoki tushirilgan neft mahsulotlarini sifat ko‘rsatgichlarini ishlab chiqarilishiga mosligini o‘rnatish uchun keltiriladi. Nazorat tahlili- neft mahsulotlarini saqlash yoki tayyorlash jarayonida amalga oshiriladi. To‘liq tahlil- zavoddan ortilgan partiya mahsulotlari uchun asosiy ishlatish xossalari bo‘yicha sifat bahosini berishda qo‘llaniladi. Arbitraj tahlili- ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o‘rtasida har xil kelishmovchiliklar paydo bo‘lganda shu mahsulotni ishlab chiqargan bosh tashkilot tomonidan yoki boshqa bog‘liq bo‘lmagan betaraf laboratoriya tomonidan bajariladi. Maxsus tahlil neft mahsulotlari guruhining kichik guruhi tomonidan olib boriladi. Masalan, neftni fraksion tarkibini aniqlash, yog‘ning barqarorligini tekshirish va h.k. Download 478.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling