Konsentratsion stolda boyitish


Download 19.5 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2023
Hajmi19.5 Kb.
#1213089
  1   2
Bog'liq
Konsentratsion stolda boyitish


Konsentratsion stolda boyitish
Konsentratsion stolda boyitish — mayda donachali mahsulotni
gravitatsion usulda boyitishning eng ko‘p tarqalgan usuli. Konsentratsion
stollar qalayli, volframli, kamyob metalli, oltinli va boshqa rudalarni
boyitishda keng ishlatiladi.
Konsentratsion stolda boyitish mineral zarralarning zichligi va
o'lchamidagi farqqa qarab qiya tekislik bo‘ylab harakatlanayotgan suv
oqimi yordamida ajratishga asoslangan. Konsentratsion stolda samarali
boyitishning eng asosiy sharti — rudani gidravlik klassifikatorlarda teng
tushuvchi zarrali sinflarga ajratishdir (29- rasm).
CKM-1A markali konsentratsion stol trapetsiya shaklidagi yassi
yuzadan iborat — bu yuza deka deyiladi. D eka romb yoki
parallelogramm shaklida ham boiishi mumkin. Deka yog‘ochdan
yoki aluminiydan tayyorlanib, ustidan linoleum, rezina, poliuretan
va hokazo material bilan qoplanadi. Ular, shuningdek, stekloplastdan
ham tayyorlanadi. Dekaning yuzasida ingichka va uzun plankalar
o'rnatiladi. Bu plankalar yog‘och yoki rezinadan tayyorlanadi.
Plankalarning uzunligi va balandligi mahsulot beriluvchi tomonga
qarab kamayib boradi.
Konsentratsion stol unga ko'ndalang o‘qi bo‘ylab yoki romb va
parallelogrammning diagonali bo‘ylab qaytarma-ilgarilanma yo‘nalishda
harakat beruvchi uzatmaga ulanadi. Deka tirsakli richagga mahkamlangan
gildirakchali rolikka (konki) tayanadi. Mahsulot beriluvchi tarafda
joylashgan uchta tirsakli richagni tyaga birlashtirib turadi.
Maxovik orqali stol yuzasiga uning harakatlanish yo‘nalishiga
perpendikular ravishda uncha katta bo‘lmagan qiyalik berilishi mumkin.
Stolning uzatmasi elektrodvigatel, tasmali uzatma, richagliekssentrik mexanizmdan iborat boiib, stol dekasi bilan tyaga orqali
ulanadi.
Dekaning mahsulot berilish tomonga yurish vaqtida (задний ход)
uning tirgak va tayanchi orasida o'rnatilgan prujina siqiladi, buning
teskarisida esa (передний ход) prujina yoziladi va dekani oldinga itaradi.
Prujinaning siqilish darajasi gayka bilan boshqariladi.

Stol ishlayotgan paytda deka notekis harakatlanadi. Deka oldinga


harakatlanganda uning tezligi asta-sekin ortadi, yurishning oxirida
maksimumga yetadi, keyin esa 0 gacha keskin kamayadi.
Deka orqaga harakatlanayotganda uning tezligi maksimalgacha keskin
ortadi, keyin esa sekin 0 gacha kamayadi.
Dastlabki mahsulot bo‘tana holida mahsulotni yuklash qutisiga
beriladi. Suv esa yuqoridagi ariqchaga berilib, aylanuvchi parrakchalar
orqali dekaning yuzasida tarqaladi.
Mineral zarralar aralashm asining stol dekasida ajralishi
quyidagicha sodir boiadi. Mahsulotni yuklash qutisidan stol yuzasiga
tushuvchi mineral zarralar ikkita kuch ta’siriga uchraydi: bo‘ylama
oquvchi suvning yuvuvchi kuchi va dekaning ilgarilanma-qaytma
harakati natijasida sodir boiuvchi stol bo‘ylab harakat qiluvchi
inersiya kuchi.
Dekaning qaytariluvchi ilgarilanma-qaytma harakati natijasida
ruda aralashmasi deka bo'ylab harakatlanadi. Bunda turli zarralarning
harakatlanish tezligi bir xil emas; katta inersiya kuchiga ega zichligi
katta zarralarning deka bo‘ylab harakatlanish tezligi kichik zichlikka
ega zarralarning oldinga harakatlanish tezligiga nisbatan katta boiadi.
Biroq, kichik zichlikka ega zarralarga suvning yuvuvchi oqimi
kuchliroq ta’sir qiladi, chunki segregatsiya natijasida ular zichligi katta zarralaming ustida joylashgan bo‘ladi. Inersiya kuchi va suv oqimining
gidravlik kuchi ta’sirida kichik zichlikka ega bo'lgan zarralar dekaning
ko'ndalang yuzasi bo‘ylab zichligi katta zarralarga nisbatan tezroq
harakatlanadi.
Plankalarning vazifasi - stol yuzasida mineral zarralar aralashmasini ushlab qolish va ularni suv bilan tez yuvilib ketishiga qarshilik
qilish, chunki suvning yuvish kuchi zarralaming yuzaga ishqalanish
kuchidan kattaroq. Plankalar orasida mineral zarralar aralashmasining
qavatlanishi sodir bo‘ladi: pastki qavatda mayda og‘ir zarralar,keyin
yirik og'ir zarralar, mayda yengil va oxirida yirik yengil zarralar joylashadi.
Buning natijasida birinchi navbatda suv bilan yirik yengil zarralar
yuviladi. Undan keyin oqim bilan plankalar orasidan mayda yengil
zarralar yuvilishni boshlaydi.
Turli xil zichlikka ega bo‘lgan minerallaming ajralish sxemasini
tuzish uchun T og‘ir mineral zarrasi,uning inersiya kuchi ta’siridagi
harakatlanish tezligi Vv suvning, yuvuvchi kuchi ta’sirida stolning
ko‘ndalang kesimi bo‘ylab harakatlanish tezligi V2; yengil mineral
zarrasi L uchun bu tezliklar Uy va Ur Yuqorida bayon qilinganidek,
yengil va og‘ir minerallar harakat tezliklaridagi nisbat:
Og‘ir mineral zarrasi ТА, yengil mineral zarrasi esa Lfiyo‘nalishda
harakatlanadi. Shunday qilib, og‘ir va yengil mineral zarralari stoldan
turli xil nuqtalarda tushadi va bu ulami alohida mahsulotlarga ajratish
imkonini beradi (30- rasm). Yonbosh tarafda og‘ir minerallar boyitmaga
ajraladi, stolning ostki qismining uzatmaga yaqin qismida yengil
minerallar chiqindini tashkil qiladi. Oraliq zonada esa oraliq zichlikka
ega minerallar hamda ajralishga ulgurmagan minerallar oraliq mahsulotni
tashkil qiladi.
Boyitish uchun bir-biridan dekaning soni, shakli va yuzasi bilan,
ularning o‘rnatilish usuli (osilgan yoki tayanchli), uzatmasining
konstruksiyasi, dekaning tebranish chastotasi hamda amplitudasi va
boshqa xususiyatlari bilan farq qiluvchi konsentratsion stollar
ishlatiladi.
Sanoatda СКП / stol (концентрационний подвесной) - СКП15, СКП-22, СКП-30 (sonlar dekaning umumiy yuzasi); CKO-
(stol концентрационний опорный); CKO-15; CKO-22; CKO-30
va hokazo markali stollar chiqariladi.

Download 19.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling