Konsentrlangan eritmalarni kuyultirish va suyultirish eritmalar haqida tushuncha


Eritmalarning konsentratsiyalarini ifodalash usullari


Download 29.81 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi29.81 Kb.
#1798503
1   2   3
Bog'liq
ERITMALAR KONSENTRATSIYALARINI IFODALASH USULLARI

2.Eritmalarning konsentratsiyalarini ifodalash usullari.
Eritmalarning konsentratsiyalarini, ko’pincha quyidagicha ifodalanadi:
1. Protsent konsentratsiya-100 gr eritmada erigan moddaning grammlar soni. Masalan, o’yuvchi natriyning 10 % li eritmasi deganda 100 gramida 10 gr NaOH hamda 90 g suv bor eritma tushuniladi. Ko’pincha eritmaning konsentratsiyasi uning zichlik qiymatiga qarab bilinadi, chunki ayni temperaturada eritmaning muayyan zichligiga eritma tarkibidagi muayyan miqdor modda to’g’ri keladi. Masalan, zichligi 1,2 g/sm3 bo’lgan sulfat kislotada (1,2 · 103 kg/m3) 15ºC temperaturada 27,27 % H2SO4 ya’ni 100g eritmada 27,27 g H2SO4 bo’ladi. zichlik bilan bog’liq bo’lgan hamma hisoblashlarda quyidagi bog’liqlikka asoslanish lozim.
m = V · d bunda, m-eritmaning massasi; V-eritmaning hajmi; d-eritmaning zichligi.
2. Molyar konsentratsiya, boshqacha aytganda molyarlik-1 eritmada erigan moddaning gr-molekulalar (mollar) soni. Molyar konsentratsiya M harfi bilan belgilanadi. 1 litrida 1 mol erigan modda bor eritma bir molyar yoki to’g’ridan-to’g’ri molyar (1M) eritma deyiladi; agar 1 litrida 2 mol erigan modda bo’lsa, ikki molyar (2M), 1 litrida 0,1 mol erigan modda bo’lsa, detsimolyar (0,1M) eritma deyiladi va h.k.
3. Molyal konsentratsiya, boshqacha aytganda molyallik-1000g erituvchida erigan moddaning gr-molekulalar soni. Agar 1000g suvda 0,5 mol modda erigan bo’lsa, bunday eritma yarim molyal eritma deyiladi.
4. Normal konsentratsiya, boshqacha aytganda normallik-1 eritmada erigan moddaning gr ekvivalentlar (g-ekv) soni. Eritmaning normal konsentratsiyasi litrida 1g-ekv erigan modda bor eritma 1 normal yoki to’g’ridan-to’g’ri normal (1N) eritma deyiladi; 1 litrida 0,1g-ekv modda erigan bo’lsa, detsinormal (0,1N), 0,01 g-ekv modda erigan bo’lsa-santinormal (0,01N) eritma deyiladi.
5. Eritmaning titri-1sm3 eritmada erigan moddaning grammlar soniga deyiladi. 
Tuz, kislota va asoslarning suvdagi eritmalari yana bir muhim xususiyatga ega: ular elektr tokini o’tkazadi. Shuning uchun bu eritmalar elektrolitmaslardan, ya’ni eritmalari elektr tokini o’tkazmaydigan moddalardan farqli o’laroq elektrolitlar deyiladi.
Shved olimi S. Arrenius eritmalarning xossalarini o’rganib (1887) quyidagicha xulosaga keldi: tuz, kislota, asoslar eritmalarida osmotik bosimning ko’tarilishi, muzlash temperaturasining pasayishi va qaynash temperaturasining ko’tarilishi hamda ularning elektr tokini o’tkaza olish xususiyatining hammasi bitta narsadan kelib chiqadi. Bu hodisalarning hammasiga sabab shuki, elektrolitlar suvdagi eritmalarida dissotsilanadi, ya’ni musbat va manfiy zaryadlangan ionlar ajraladi. Musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar esa anionlar deyiladi.
Elektrolitlar eritmalarida uzluksiz harakatda bo’ladigan ionlarning borligi bu eritmalarning elektr o’tkazuvchanligiga sabab bo’ladi. Elektrolit ionlarga ajralganda bitta molekuladan ikki va undan ortiq ion hosil bo’lishi natijasida eritmadagi zarrachalarning umumiy soni ortadi. Shuning uchun elektrolit eritmasining osmotik bosim, muzlash temperaturasining pasayish va qaynash temperaturasining ko’tarilish kattaliklari xuddi shunday konsentrasiyali elektrolitmas eritmanikidan ancha yuqori bo’ladi.
Ya. Vant-Goff va F.Raul qonunlarini elektrolitlar eritmalariga tatbiq etish uchun eritma xossalarining konsentratsiyaga bog’liqligini ifodalovchi tenglamalarga Vant-Goff koeffitsiyenti yoki izotonik koeffitsiyent deb ataluvchi tuzatma ko’paytuvchi kiritiladi va u i harfi bilan belgilanadi. Bu koeffitsiyent elektrolit eritmasidan molekula va ionlarning umumiy soni erigan molekulalar sonidan necha marta ko'pligini ko'rsatadi. Elektrolit eritmasining osmotik bosimi
P = i · C · R ·T
Elektrolitlar eritmalarida boradigan almashinish reaksiyalari. Elektrolitlar eritmalarida reaksiyalar erigan modda ionlari orasida boradi. Agar eritmadagi ionlar qiyin eruvchan yoki kam dissotsiyalanadigan yoxud oson eruvchan moddalar hosil qila olsagina reaksiya sodir bo’ladi.
Kumush nitrat eritmasiga HCl yoki uning istalgan tuzi eritmasini ta’sir ettiramiz:
AgNO3 + HCl = ↓AgCl + HNO3
AgNO3 + NaCl =↓ AgCl + NaNO3

Har ikkala holda ham suvda deyarli erimaydigan, o’ziga xos oq “suzmasimon” cho’kma–kumush xlorid hosil bo’ladi. AgCl dan tashqari barcha moddalar eritmada ionlar holida bo’ladi.


Ag+ + NO3– + H+ + Cl– = ↓AgCl + H+ + NO3–
Ag+ + NO3– + Na++ Cl– =↓AgCl + Na+ + NO3–

Bu reaksiyalarning mohiyati shundaki, eritmadagi Ag+ ionlari Cl– ionlari bilan o’zaro ta’sir etib, AgCl cho’kmasini hosil qiladi. H+, Na+ va NO3– ionlari ushbu almashinish reaksiyalarida o’zgarmaydi, shuning uchun tenglama tuzishda ularni ko’rsatmasa ham bo’ladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan protsesslar bitta umumiy formula bilan ifodalanadi:


Ag+ + Cl– =AgCl↓
Masalan, quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadigan reaksiyalarda Ba2+ ionlari SO42– ionlari bilan birikadi.
BaCl2 + H2SO4 = BaSO4↓ + 2HCl
Ba(OH)2 + K2SO4 = BaSO4↓+ 2KOH
Natijada bariy sulfat BaSO4 cho’kmasi hosil bo’ladi. Har ikkala reaksiyani bitta umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:
Ba2+ + SO42– = BaSO4↓
Elektrolitlar eritmalarida sodir bo’ladigan reaksiylarning mohiyatini ko’rsatib beruvchi bunday qisqartirilgan tenglamalar deyiladi. eritmadan cho’kma tarzida ajralib chiqadigan qiyin eruvchan birikmalar, kam dissotsilanadigan elektrolitlar hamda oson uchuvchan moddalar ionli tenglamalarda hamma vaqt molekula holida yoziladi. Kam dissotsilanadigan modda hosil qiluvchi reaksiyaga misol tariqasida, kuchli kislotani kuchli asos bilan neytrallash reaksiyasini keltirish mumkin:
HNO3 + KOH = KNO3 + H2O
Suvdan tashqari, barcha moddalar eritmada ion holiday bo’ladi:
H++ NO3– + K++ OH– = K++ NO3– + H2O
Reaksiyada ishtirok etmaydigan ionlarni tenglamadan chiqarib tashlasak, quyidagi ionli tenglama hosil bo’ladi:
H++ OH– = H2O
Eritmalarda dissotsilanadigan birikmalar hosil bo’ladigan reaksiyaga misol qilib, kuchli kislotalarning kuchsiz kislotalar tuzlari bilan o’zaro ta’sirini keltirish mumkin. Bunday reaksiyalar kuchsiz kislota hosil bo’lish tomoniga qarab boradi. Masalan, HCl ning CH3COONa bilan o’zaro ta’siri natijasida kuchsiz dissotsilanadigan sirka kislota CH3COOH hosil bo’ladi.
HCl + CH3COONa = CH3COOH + NaCl
Kuchli kislotaning H+ ionlari natriy atsetatning CH3COO– ionlari bilan o’zaro birikadi.
H+ + Cl– + CH3COO– + Na+ = CH3COOH + Na++ Cl–
Reaksiyada ishtirok etmaydigan ionlarni tenglamadan chiqarib tashlasak, quyidagi ionli tenglama olinadi:
H+ + CH3COO– = CH3COOH
Eritmadan qisman gaz holida ajralib chiqadigan modda hosil qiluvchi almashinish reaksiyasiga misol qilib, Na2S ning HCl bilan o’zaro ta’sirini keltirish mumkin:
Na2S + HCl = NaCl + H2S yoki ionli ko’rinishda S2– + 2H+ = H2S↑ bo’ladi.
Ionlarning birikishi natijasida barqaror, oson parchalanadigan moddalar hosil bo’lsa ham, gaz modda ajralib chiquvchi almashinish reaksiyasi boradi. Masalan, sulfit kislota tuzlariga kuchli kislota ta’sir ettirilsa, sulfit angidrid SO2 ajralib chiqadi: H2O
Na2SO3 + 2HCl = 2NaCl + H2SO3 SO2
Ionli tenglamasi SO32– + 2H+ = SO2 + H2O bo’ladi.

Kimyoviy reaksiyalar elektrolitlar eritmalarida erkin ionlarning bog’lanish tomoniga boradi. Kuchli elektrolitlar, masalan, KCl va NaNO3 aralashtirilsa, eritmada na qiyin eruvchan birikmalar, na kam dissotsilanadigan moddalar va na gazlar hosil qiladigan K+, Cl–, Na+, hamda NO3– ionlari bo’ladi. Demak, bunday holda ionlar ximiyaviy o’zaro ta’sirlashmaydi, ya’ni reaksiya sodir bo’lmaydi.




Download 29.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling