Konsentrlangan eritmalarni kuyultirish va suyultirish eritmalar haqida tushuncha


Konsentrlangan eritmalarni kuyultirish va suyultirish


Download 29.81 Kb.
bet3/3
Sana03.12.2023
Hajmi29.81 Kb.
#1798503
1   2   3
Bog'liq
ERITMALAR KONSENTRATSIYALARINI IFODALASH USULLARI

3.Konsentrlangan eritmalarni kuyultirish va suyultirish

  1. Taxlil natijasi eritma konsentratsiyasining ko’p yoki kam chiqqanligini ko’rsatsa, u holda konsentratsiyani me’yoriga etkazish zarur.

Faraz kilaylik, yuqorida tayyorlagan geksametilentetramin eritmasining konsentratsiyasi 23% bo’lib chikdi, demak eritmani suyultirish lozim. Buni quyidagi formula yordamida amalga oshiramiz:

bu erda: X — eritmani suyultirish uchun kerak bo’lgan suv miqdori, ml;
A — tayyorlangan eritma hajmi, ml;
B — talab etiladigan eritma konsentratsiyasi, % da;
C — tayyor eritmaning amaldagi konsentratsiyasi, % da.
Demak, 23% geksametilentetramin eritmasini me’yoriga keltirish uchun eritma ustiga 150 ml tozalangan suv solish lozim.

  1. Boshqa holda taxlil natijasi geksametilentetramin eritmasining konsentratsiyasi 18% ekanligini ko’rsatdi. Eritma konsentratsiyasi me’yorida (20%) bo’lguncha geksametilentetramin qo’shish talab etiladi. Hisob quyidagi formula buyicha olib boriladi:



bu erda:
X– eritmaga qo’shish kerak bo’lgan moddaning miqdori,g da;
A– tayyorlangan eritmaning miqdori, ml da;
B– talab etilgan eritma konsentratsiyasi, % da;
C– amaldagi konsentratsiyasi, % da;
d– eritma zichligi, g/ml da.
Demak, 18% li eritmani me’yoriga keltirish uchun eritma ustiga 23,7g geksametilentetramin qo’shish lozim. Eritmalar konsentratsiyasi tog’irlangandan so’ng, yana bir marta filtrlanib (chunki quruq modda qo’shiladi) tahlil qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Alekseev V.N. Sifat kimyoviy yarim mikrotahlil. M: Kimyo. 1973 yil.
2. Voskresenskiy A.G., Solodkin I.S. Sifat yarim mikrotahlil uchun amaliy qo‘llanma.1972-133b.
3. Mirkomilova M. ‘‘Analitik kimyo’’. O‘zbekiston, Toshkent–2001.
4. Fayzullayev O. ‘‘Analitik kimyo asoslari’’ Yangi asr avlodi, 2006.
5. Luri Yu.Yu. Analitik kimyo bo‘yicha qo‘llanma.- M.: Kimyo, 1979. - 480b.
Download 29.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling